Ushbu libosda klub Oliy xokkey ligasi chempionati uchrashuvlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Chempionatga sentabr oyining dastlabki kunlarida start beriladi. Yorqin o‘ziga xos uslubda yaratilgan libosda afsonaviy humo qushi tasvirlangan bo‘lib, u qadimdan adolat va erkinlik ramzini anglatgan. Aynan humo qushining o‘zi yangi jamoa belgisi asosini tashkil etadi. Klub avgust oyida […]

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari shahardagi yangi qurilayotgan binoda elektr energiyadan noqonuniy foydalanish xolatini aniqladi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi. Tekshirish davomida mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli bo‘lgan qurilishi tugallanmagan bino ta’minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan. Hisob-kitoblariga […]

Xabaringiz bor, bundan bir necha kun oldin oxirgi paytlarda Samarqand viloyatida, ayniqsa Urgut tumanida bu tumanga berilayotgan energiya viloyatdan tez-tez o‘chirilayotgani tanqid qilinib, buning oqibatida nasoslar yordamida uzumzorlarini sug‘oradigan fermer va dehqonlar qiynalib qolayotgani haqida yozib, joylarda elektr ta’minotiga mas’ul bo‘lgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Ulug‘bek Mustafoyevga ochiq xat […]

Andijon davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishiga sirtqi bo‘limiga ro‘yxatdan o‘tgan D.Abbasova betobligi tufayli tez tibbiy yordam xizmati hamrohligida Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar binosidagi imtihon zaliga olib kelingan, deb ma’lum qiladiOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Telegram-kanali. Universitet bemor abituriyentga kerakli tibbiy yordamni ta’minlagan holda unga […]

O‘zbekiston Demokratiya va inson huquqlari instituti rahbari Sayyora Xo‘jayeva Facebook’dagi sahifasida Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi uy buzilishlari yuzasidan unga murojaatnoma kelib tushganini ma’lum qildi. Murojaatnoma Rishton tumani Oq-yer qishlog‘i A.Temur ko‘chasida yashovchi fuqarolardan kelib tushgan. “Viloyat hokimligi boshchiligidagi rahbarlar va tuman hokimligi ishchi guruhi mutasaddilari … tinch yashab turgan aholini hech […]

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 15-turi doirasida 31-iyul, chorshanba kuni dastlabki 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kunning dastlabki o‘yinida Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z maydonida Termizning “Surxon” jamoasini qabul qildi. Bellashuv davomida “qaldirg‘ochlar” a’zolari Javohir Qahramonov (36), Sanjar Qodirqulov (74) hamda Nurillo To‘xtasinov (90) urgan gollar “Bunyodkor”ga “Surxon” […]

Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31-iyul kuni rasmiy tashrif bilan Minskka keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. Minsk milliy aeroportida oliy martabali mehmonni Belarus bosh vaziri Sergey Rumas va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

2019-yil 1-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasiga tashrif buyuradi, bu haqda Vazirlar Mahkamasi “Daryo”ga ma’lum qildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Muhammadkali Abilgaziyev bilan uchrashadi. Tomonlar ikki mamlakat Davlat rahbarlari uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning ijrosi holati, ularni to‘liq ro‘yobga chiqarishning muhim jihatlarini […]

O‘zbekiston va xorijlik sayyohlar uchun yangi loyihaga qo‘l urildi. Joriy yilning 22—27-avgust kunlari mamlakatda “O‘zbekiston — sivilizatsiya va yo‘llar chorrahasi: imperiyalar, din, madaniyat” nomli madaniy meros haftaligi bo‘lib o‘tadi, bu haqda O‘zA xabar qiladi. Haftalik tadbirlari O‘zbekistonning to‘rtta shahri — Toshkent, Termiz, Buxoro va Samarqandda o‘tishi belgilangan. Poytaxtda mazkur madaniy meros haftaligiga […]