Germaniyaning Audi kompaniyasi Frankfurtdagi 68-xalqaro avtomobil ko‘rgazmasiga Audi Al:Trail elektromobilini olib keldi. Uning asosiy o‘ziga xos jihati — faralarning yo‘qligida, deb yozadi Meduza. Avtomobil konsepsiyasi mualliflari faralar o‘rnini LED elementlari bo‘lgan beshta uchburchak dron bajaradi, deb hisoblaydi. Ular mashina oldida uchadi hamda yo‘lni yoritadi va o‘rnatilgan kameralar yordamida haydovchi oldidagi ekranga yo‘lning tasvirini […]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dog‘istonda 1999-yilning avgust-sentabr oylarida terrorchilarga qarshi o‘tkazilgan harbiy harakatlarda ishtirok etgan ko‘ngilli askarlar bilan muloqotda bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”. Putin Rossiya fuqarolarining jasoratini alohida qayd etib, davlatni aynan shunday xususiyatga ega prezident boshqarishi kerakligini aytgan. “Toki mana shunday kelishgan erkaklar, ajoyib, chiroyli ayollar bor ekan, Rossiyada qandaydir […]

Parij sudi Saudiya Arabistoni podshohi Salmonning qizi va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Al-Saudning singlisi Hassa bint Salmonni 10 oylik shartli qamoq jazosi va 10 ming yevro jarimaga tortdi. Bu haqda Meduza xabar berdi. Malika Fransiya fuqarosini zo‘ravonlik bilan vaqtinchalik ozodlikdan mahrum qilishda sherik deb tan olingan. Bundan tashqari, malikaning tansoqchisi […]

Qrimlik havaskor astronom Gennadiy Borisov 2019-yil avgust oyi oxirida o‘zga yulduz tizimidan Quyosh sistemasiga kirib kelgan “kelgindi kometa”ni kashf qilgan edi. Ushbu kashfiyot rasman tan olindi. Shuningdek, mazkur kometaga albatta kashshofning nomi qo‘shib aytiladigan bo‘ldi (uning rasmiy ilmiy nomi C/2019 Q4 Borisov tarzida bo‘ladi). Boz ustiga, Borisov kometasi yaqin oylar […]

Twitter ma’muriyati Kuba Kommunistik partiyasi va uning yetakchisi Raul Kastroning rasmiy akkauntlarini bloklab qo‘ydi. Bundan tashqari Kastroning qizi va bir qator Kuba rasmiy OAV jurnalistlarininig ham akkaunti bloklangan, deb xabar beradi Meduza. Reuters agentligining yozishicha, blokirovka Kuba prezidenti Migel Diaz-Kanelning AQSh sanksiyalari tufayli yaqinlashib kelayotgan energetik inqiroz haqida xalqni ogohlantirganidan so‘ng ro‘y berdi. […]

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari bilan 10-sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab talabalarga stipendiyalar to‘lashda qanday yangiliklar tatbiq etilayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda “Xushnudbek.uz” xabar bermoqda. Ma’lum qilishlaricha, davlat granti va to‘lov-kontraktda o‘qiydigan barcha talabalarga bir xil 400 ming […]

Tojikistonning Ko‘lob shahrida 8-sentabr kuni Tojikiston aloqa xizmati rahbari va prezident Emomali Rahmonning qudasi bo‘lgan Beg Sabur mahalliy politsiya bo‘limining jinoyat qidiruv xodimi bilan mushtlashdi. Bu haqda Ca-News xabar bermoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat qidiruv xodimi Emomali Rahmon tashrifi arafasida u yuradigan yo‘llardagi obyektlarni tekshirgan. U Ko‘lobda shahar bog‘i yaqinida Beg […]

“Yandeks” haydovchisiz boshqariladigan avtomobillari 2018-yilning boshidan buyon Rossiya, AQSh va Isroil bo‘ylab 1 million kilometr masofani bosib o‘tdi, deb xabar beradi “VC.ru”. Mashinalar ushbu masofaning asosiy qismini barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan yo‘llarda bosib o‘tgan. Kompaniya vakilining so‘zlariga qaraganda, yo‘llarning asosiy qismi Moskva shahri hisobiga to‘g‘ri keladi. Uning ta’kidlashicha, test jarayonlari har qanday […]

Xitoyning Alibaba internet-riteyleri asoschisi Jek Ma kompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etdi, deya xabar bermoqda Bloomberg agentligi. Jek Ma 10-sentabrda — 55 yoshga to‘lgan kuni iste’foga chiqqan. Rais lavozimida uning o‘rnini kompaniya bosh direktori Deniyel Chjan egallagan. Bloomberg’ning yozishicha, iste’foga chiqqaniga qaramay, Jek Ma kompaniyada asosiy shaxs bo‘lib qolaveradi. Deniyel Chjan muhim […]

Namanganda chaqaloqlarni qasddan o‘ldirish jinoyati sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati. Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksiga qarashli binoning orqa hovlisidan 9-sentabr kuni soat taxminan 04:30 larda 23 yoshli fuqaro D.X. va 22 yoshli M.T.ning 2019-yilning 2-sentabrida tug‘ilgan qiz chaqaloqlari tirik holda topilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Biroq shifokorlar tomonidan […]