“O‘zbekkonsert” davlat muassasasida 16-oktabr kuni shoshilinch brifing o‘tkazildi. Yig‘ilishda xonandalar Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova, Abdulla Qurbonov va qiziqchi Halima Ibragimovaning litsenziyasi qaytarib berilgani ma’lum qilindi. Bu haqda jurnalist Feruz Muhammad xabar berdi. Brifingni muassasa rahbari Odiljon Abduqahhorov o‘tkazib, Jahongir Otajonov, Shahlo Ahmedova, Abdulla Qurbonov va qiziqchi Halima Ibragimovaning litsenziyasi qaytarilganini aytgan. […]

Reuters nashri O‘zbekistonda amaldorlar ishdan holdan toyib uxlab qolayotgani haqida maqola e’lon qildi, deb yozadi “Togri.uz”. Xorijliklar o‘zbekistonlik davlat xizmatchilari bilan noodatiy vazifa — muloqot chog‘ida hamsuhbatining uxlab qolmasligiga e’tibor qaratishlari kerak bo‘lmoqda, deyiladi Reuters chop etgan maqolada. “U kunduzgi uchrashuv davomida ikki marta uxlab qoldi”, — deydi moliyachi O‘zbekistonda o‘rta darajadagi xizmatchi […]

Niderlandiyaning Utrext shahri politsiyasi do‘kondagi o‘g‘rilikda ishtirok etgan to‘tini hibsga oldi. Bu haqda Meduza hikoya qilmoqda. Qush egasi bilan birga qo‘lga olindi. Politsiya bo‘limida to‘ti uchun mos qafas yo‘qligi sabab uni egasi bilan bir kameraga joylashtirishga to‘g‘ri keldi. Qush bilan o‘rnatilgan tartibga binoan muomala qilindi: unga suv va yemish (butun boshli buterbrod) […]

Fransiya poytaxti Parij shahrida 29-sentabr, yakshanba kuni mamlakatning sobiq prezidenti Jak Shirak bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Jak Shirak 26-sentabr, payshanba kuni 86 yoshida vafot etdi. Marosimga qariyb 80 nafar amaldagi va sobiq davlat rahbari taklif qilindi. “RBK” marosim aks etgan fotoreportajni taqdim etdi. Jak Shirak bilan milliy vidolashuv 29-sentabr kuni […]

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi “Kun.uz”. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro […]

2003-yildan buyon Toshkent shahrida zamonaviy biznes markaz sifatida xizmat ko‘rsatib kelgan, Ezidyor nomi bilan mashhur to‘yxona buzilishi, yo‘qotilgan mol-mulkka kompensatsiya to‘lash masalasi ijobiy hal etildi. Bu haqda Grand duet MChJ O‘zbekiston—Birlashgan Arab Amirligi qo‘shma korxonasi rahbari Sherzod Sobirovning so‘zlariga asoslanib, “Togri.uz” xabar berdi. Sherzod Sobirov boshqaruvidagi restoran buzilishi ortidan hukumatning alohida bayonnomasi […]

2020-yil 1-fevraldan boshlab WhatsApp eskirgan operatsion tizimlardagi messenjerini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Bu haqda messenjer dasturchilari o‘z blogida ma’lum qildi. O‘zgarishlar Android va iOS qurilmalariga tegishli, xususan, messenjer Android 2.3.x (Gingerbread) hamda 2014-yilgi iOS 8’da ishlashdan to‘xtaydi. Bu turdagi operatsion tizimda ishlaydigan qurilmalardan foydalanuvchilarga o‘z operatsion tizimini yangisiga o‘zgartirish taklif etiladi. Android 2.3.x […]

The Sunday Times jurnalisti Sharlott Edvards Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonni tegajoqlikda aybladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda. U o‘zining yakshanba kungi maqolasida 1999-yili Spectator jurnali tahririyatida bo‘lib o‘tgan tushlik chog‘ida Boris Jonson boshqalardan yashirib sonidan ushlaganini da’vo qilgan. U paytlar Jonson Spectator bosh muharriri lavozimini egallagan, Edvards esa reportyorlik […]