Rossiyalik besh yoshli qizcha YouTube’dagi kanalida oyiga 500 ming AQSh dollari ishlab topmoqda

Forbes YouTube’da oyiga 500 ming AQSh dollari ishlab topayotgan qizaloq haqida maqola e’lon qildi.

Nastya Radzinskaya serebral falajlik kasalligi bilan tug‘ilgan, o‘shanda shifokorlar uning gapirmasligi va yura olmasligini aytgandi.

Qizaloqning ota-onasi bor kuchini uni davolashga safarbar qildi va bir necha yildan keyin Nastyadagi kasallik belgilari yo‘qola boshladi. Davolashning asosiy uslublaridan biri kameraga ishlash bo‘ldi: ota-onasi qizchaning shu yo‘l bilan atrofni o‘rganishini ta’minladi.

“Biz YouTube’da bolalar uchun kanal borligini va u yerda ommaviylashgan videolar ko‘pligini bilib qoldik. Nastyaga bolaning sovg‘a ochish jarayonini qo‘yib ko‘rsatishga va uning bunga munosabatini bilishga qaror qildi”, — deydi qizchaning onasi Anna.

Bugun Nastyaning beshta kanalidagi obunachilarining umumiy soni 87 milliondan ko‘proq va ular qizning roliklarini rus, ingliz, arab va ispan tillarida kuzatib boradi.

Yangi kiyim kiygan qizaloqning quvonch bilan maktabga yo‘l olayotgani, o‘jarlik qilishi va batutda sakrashi haqidagi samimiy videoning o‘zi yosh aktrisaga oyiga minglab dollar daromad keltiradi.

Rossiya qishining uzoq davom etishidan charchagan Radzinskiylar oilasi 2017-yil oxirida Amerikaga ko‘chib ketishga qaror qildi. Blogdan kelayotgan daromad oilaga yaxshi yashash uchun sharoit yaratdi — ular Mayamidan yangi uyni ijaraga oldi va bu yer yangi videolar tasvirga olish uchun o‘ziga xos poligonga aylandi.

Faqat tashqaridan qaraganda blog yuritish osondek ko‘rinadi. Bir kun o‘tkazib yuborilsa, ko‘rishlar soni kamayadi, bu esa tushumga ta’sirini o‘tkazadi.
Anna Radzinskaya, vloger qizaloqning onasi

Hozirgi kunda Like Nastya Vlog asosiy kanalining obunachilari soni 34,3 millionni tashkil qiladi, bitta videoning rekord ko‘rishlari soni 724 million marta. Nastya shu tariqa barqaror odimlagan holda dunyoning eng taniqli 10 ta blogeri orasiga kirib bormoqda.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

“Yashil pasport bilan Green Card o‘ynash mumkin, ammo natija chiqqunicha bu pasport yaroqsiz bo‘lib qoladi”. AQSh konsulligi Green Card bo‘yicha savollarga javob berdi

Сб Сен 28 , 2019
AQShning Toshkentdagi elchixonasi konsullik bo‘limi vakillari yuzga yaqin tinglovchilar bilan Green Card masalasida uchrashdi. Uchrashuv O‘zbekiston milliy kutubxonasi binosida bo‘lib o‘tdi. Green Card to‘ldirish mavsumi ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda “Daryo” muxbiri ishtirok etdi. Uchrashuvning birinchi qismida mavzu yuzasidan prezentatsiya qilindi; shundan so‘ng konsullik bolimi xodimlari yig’ilganlarning savollarga javob […]