Los-Anjelesdagi ayrim ko‘chalar CoolSeal — issiqlikni qaytaruvchi yorqin kulrang rangga bo‘yaldi. Hozirda bu yerdagi harorat oddiy asfalt ko‘chalardagidan 5 daraja Selsiyga salqinroq. Yaqin 20 yil ichida shahar havo haroratini o‘rtacha 1,5 daraja Selsiyga tushirishni rejalashtirmoqda. Qatar ham o‘zining rangli gammasini yaratgan: Doxa — dunyodagi eng issiq va havosi quruq shaharlardan […]

Fransuz matematigi Anri Puankare tomonidan o‘rtaga tashlangan va shu sababli “Puankare gipotezasi” deb nomlangan masala yuzasidan jahonning eng o‘tkir matematiklari bir necha o‘n yillar davomida qattiq ter to‘kkan. Biroq deyarli yuz yillik urinishlar bilan ham uni isbotlashning uddasidan hech kim chiqa olmagan. Vazifani 2002–2003-yillarda rus matematigi Grigoriy Yakovlevich Perelman uddaladi. […]

Rossiyaning “Fedor” nomli odamsifat roboti birinchi marta “Soyuz MC-14” kemasida fazoga uchirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. Raketa 22-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:38 da Qozog‘istonning Baykonur kosmodromidan uchirilgan. Robot raketa uchirilayotgan vaqtda Yuriy Gagarinning mashhur “Poyexali! Poyexali!” (Ketdik! Ketdik!) jumlasini aytgan. Oradan 49 soniya o‘tgach, kema orbitaga chiqqan […]

Qirg‘izistonning sobiq bosh prokurori Indira Joldubayeva uy qamog‘iga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi. “2019-yil 20-avgust kuni Indira Joldubayeva korrupsiyada gumon qilinayotgani haqida ogohlantirildi. Bishkekning Pervomaysk tuman sudi tomonidan unga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi”, — deyiladi xabarda. Joldubayeva jinoyatchilar rahnamosi Aziz Batukayevning noqonuniy ozod qilinishi […]

Gruziyaning “Rustavi 2” telekompaniyasi yangi bosh direktori Paata Saliya telekanalning bir qator jurnalistlari, jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri efir orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putinni haqorat qilgan Georgiy Gabuniya ishdan bo‘shatilganini ma’lum qilgandi. Gabuniya aytgan haqoratli so‘zlari uchun kechirim so‘ramasligini bildirdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. “Men o‘z xatti-harakatlarim uchun kechirim so‘rash niyatida emasman”, — deydi Gabuniya. […]

Internet tarmog‘idagi ukrainalik foydalanuvchilar mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning korteji trassadagi boshqa transport vositalarining harakatini cheklab qo‘ygani sabab unga tanqid toshlarini yog‘dirdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”. Videoda Zelenskiy va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu harakatlanayotgan mashinalarga 20 dan ortiq transport vositalari hamrohlik qilayotganini ko‘rish mumkin. “Velosiped qani?”, — deb yozadi Maksim Navoxatskiy ismli […]

Vladimir Putin Rossiyada bo‘lib o‘tgan norozilik aksiyalari haqida gapirar ekan, holatni to‘qnashuvlargacha olib kelishga hech kim haqli emasligini, aybdorlar jazolanishi zarurligini aytdi, deb xabar qiladi Sputnik. Putin Moskvadagi tartibsizliklar saylovlar bilan bog‘liq ekanligini qo‘shimcha qildi, negaki Rossiyada sentabr oyida mintaqaviy, shu jumladan, Moskva hokimligiga saylovlar o‘tkazilishi kutilmoqda. Putin, shuningdek, amaldagi qonunga muvofiq, […]

Qozog‘istonning Kokshetau shahrida istiqomat qiluvchi 14 yoshli Dilnoz ismli qizga avtofalokat oqibatida halok bo‘lgan hindistonlik bolakayning yuragi ko‘chirib o‘tkazilgan, deb xabar beradiTengrinews. Dilnoz Isanova uch yoshga to‘lganida shifokorlar unga “dislatatsion kardiomiopatiya” tashxisini qo‘ygan. Ushbu kasallik miokard ishini buzib, insonda yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Qizning ota-onasi farzandini operatsiya qildirish uchun Moskvaga uchgan […]

Ilon Mask Marsga yadroviy bomba tashlash borasidagi g‘oyasiga yana qaytib, bu safar Nuke Mars! futbolkalarini ishlab chiqarishini e’lon qildi, deb xabar beradi Spot. Ushbu futbolkalarni 25 dollar evaziga xarid qilish mumkin. Maskning Twitter’da qoldirgan posti ko‘plab muxlislari uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi, biroq tadbirkor bundan oldin ham “qizil sayyora”ga yadroviy bomba tashlash lozimligi […]