Reuters nashri O‘zbekistonda amaldorlar ishdan holdan toyib uxlab qolayotgani haqida maqola e’lon qildi, deb yozadi “Togri.uz”. Xorijliklar o‘zbekistonlik davlat xizmatchilari bilan noodatiy vazifa — muloqot chog‘ida hamsuhbatining uxlab qolmasligiga e’tibor qaratishlari kerak bo‘lmoqda, deyiladi Reuters chop etgan maqolada. “U kunduzgi uchrashuv davomida ikki marta uxlab qoldi”, — deydi moliyachi O‘zbekistonda o‘rta darajadagi xizmatchi […]

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi “Kun.uz”. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro […]

2003-yildan buyon Toshkent shahrida zamonaviy biznes markaz sifatida xizmat ko‘rsatib kelgan, Ezidyor nomi bilan mashhur to‘yxona buzilishi, yo‘qotilgan mol-mulkka kompensatsiya to‘lash masalasi ijobiy hal etildi. Bu haqda Grand duet MChJ O‘zbekiston—Birlashgan Arab Amirligi qo‘shma korxonasi rahbari Sherzod Sobirovning so‘zlariga asoslanib, “Togri.uz” xabar berdi. Sherzod Sobirov boshqaruvidagi restoran buzilishi ortidan hukumatning alohida bayonnomasi […]

Samarqand viloyati Urgut tumani xalq ta’limi bo‘limi tumandagi maktablardan birida direktor o‘rinbosari 11-sinf o‘quvchilarining sochini majburlab olgani va ularga jarohat yetkazgani bo‘yicha munosabat bildirdi. Bu haqda “Zarnews” xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, tumanidagi 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh. Ochilov 11-sinf o‘quvchisi O.X.ning sochini o‘sgan holda maktabga kelganligi […]

Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi O‘zbekiston fuqarolarini eski namunadagi (nobiometrik) pasportlarning amal qilish muddatiga 95 kun qolgani haqida ogohlantirdi. Ushbu muddatga qadar eski namunadagi pasportni biometrik pasportga almashtirmagan fuqarolar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. […]

O‘qishga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish mobaynida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda. “Ko‘plab abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish […]

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi super-kontraktlar haqida qo‘shimcha rasmiy ma’lumotlarni e’lon qildi. O‘qishdan yiqilib, kontraktning kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan hamda 56,7 balldan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi. 2019-yilda abituriyentlar uchun super-kontrakt to‘lashda quyidagi yengilliklar beriladi: super-kontrakt miqdorlari stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan hisoblanadi (ya’ni […]

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Buxoro viloyati IIB, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida 21-sentabr kuni soat 07:00 da “Buxoro” temiryo‘l vokzalida maxsus taktik amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulot temiryo‘l vokzalida “Buxoro—Qarshi” yo‘nalishidagi poyezd vagonida uyushtirildi. Jarayonda shartli terrorchilar tomonidan bir necha yo‘lovchi asirga olindi. — Bu […]

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari bilan 10-sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab talabalarga stipendiyalar to‘lashda qanday yangiliklar tatbiq etilayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda “Xushnudbek.uz” xabar bermoqda. Ma’lum qilishlaricha, davlat granti va to‘lov-kontraktda o‘qiydigan barcha talabalarga bir xil 400 ming […]

Namanganda chaqaloqlarni qasddan o‘ldirish jinoyati sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati. Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksiga qarashli binoning orqa hovlisidan 9-sentabr kuni soat taxminan 04:30 larda 23 yoshli fuqaro D.X. va 22 yoshli M.T.ning 2019-yilning 2-sentabrida tug‘ilgan qiz chaqaloqlari tirik holda topilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Biroq shifokorlar tomonidan […]