Atrofimizda faoliyati muhim, lekin biz buni yaxshi bilmaydigan kasb egalari ko‘p. Ular ham jamiyatimizning bir qismi. Biroq gohida ayrim insonlar ular bilan muloqot qilgani or qiladi. Uyaladi! Ammo ular ham odam. Inson! Ularning ham ko‘ngli, his- tuyg‘ulari bor. “Daryo” ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega, biroq jamoatchilik e’tiboridan ko‘pincha chetda qoladigan […]

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Jahon Chempionati—2022 ikkinchi saralash bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Falastinga qarshi o‘yinoldi yig‘iniga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. 28-avgustdan 3-sentabrgacha Toshkentda davom etadigan yig‘inga Ektor Kuper 24 futbolchini jalb qildi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin olgan. Mazkur guruhda “oq […]

19-avgust, dushanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 2-turining so‘nggi o‘yinida Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Vulverhempton” maydoniga safar qildi. Uchrashuvning 27-daqiqasida “qizil iblislar” yarim himoyachisi Antoni Marsial Markus Reshford uzatgan to‘pni kuchli zarb bilan Rui Patrisiu qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi (1:0). 55-daqiqada esa “bo‘rilar” vakili Ruben Nevesh super […]

“Barselona” klubi yarim himoyachisi Filippe Koutinyo faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradi. Bu haqida nemis klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi. Myunxenliklar klubi 27 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga olgan. Tomonlar kelishuvning moliyaviy tafsilotlarini e’lon qilmaslikka kelishib olgan. Braziliyalik futbolchi yangi jamoasida 10-raqam ostida harakat qiladi. Koutinyo o‘tgan mavsum La […]

“Santos” klubining sobiq prezidenti Marselo Teysheyra 2006-yilda hujumchi Neymarning “Real”ga transferi nima sababdan bekor bo‘lganini ma’lum qildi. “U “galaktikos” davridan buyon “Real”ga maftun bo‘lib qolgandi. Biz Neymarni jamoada saqlab qolish uchun uning otasiga 1 million dollar taklif qildik. U esa osonlikcha rozi bo‘ldi. Klub rahbariyatining barcha a’zolari o‘shanda meni tentakka chiqargandi, […]

“Arsenal” klubi yozgi transferlar vaqtida ikki futbolchisini sotib yuborishga harakat qiladi, deb yozadi Evening Standard. Ta’kidlanishicha, klubni Shkodran Mustafi hamda Muhamma al-Nenni tark etadi. Qayd etish kerak, inglizlar uchun transferlar oynasi yopildi. Klublar endi o‘yinchi sotib ololmaydi, faqatgina sotishi mumkin. Mustafining xizmatlariga Fransiya va Germaniya klublari qiziqish bildirayotgan bo‘lsa, al-Nenniga […]

“Inter” yarim himoyachisi Ivan Perishich “Bavariya”ga o‘tadi, deb yozadi italiyalik jurnalist Janluka di Martsio. Xabarga ko‘ra, “Bavariya” 5 million yevro evaziga Perishichni ijaraga oladi. Mavsum so‘ngida esa Myunxen klubi futbolchini 20 million yevroga to‘liq sotib olish huquqini qo‘lga kiritadi. Transfer “Inter”ning xitoylik xo‘jayinlari tomonidan tasdiqlansagina amalga oshadi. O‘tgan mavsum Perishich “Inter” safida […]

“Manchester Siti” 4-avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Angliya Superkubogi uchrashuvida “Liverpul”ni mag‘lub etdi va sovringa ega chiqdi (1:1, 5:4 — penaltilar seriyasi). Shu bilan birga, “shaharliklar” bir yilda 4 ta sovrinni qo‘lga kiritgan Angliya futboli tarixidagi ilk jamoaga aylandi. Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola shogirdlari 2019-yil mamlakat Kubogi finalida “Uotford” darvozasiga javobsiz 6 ta gol […]

4-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Gamper Kubogi doirasida Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Kamp Nou”da Unai Emeri boshliq Londonning “Arsenal” jamoasi bilan bellashdi. Uchrashuvning 36-daqiqasida “to‘pchilar” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqaga kelib yarim himoyachi Meytlend-Naylz o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi (1:1). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa Kataloniya […]

“Betis”da faoliyat yuritib kelgan Xunior Firpo “Barselona” a’zosiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. 22 yoshli Firpo Kataloniya klubi bilan 5 yillik bitimga imzo chekdi. “Barselona” Firpo uchun “Betis”ga 18 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Bundan tashqari 12 million yevro keyinchalik bonus sifatida to‘lanishi mumkinligi kelishuvga kiritilgan. Futbolchining tovon puli […]