Xiaomi Mi Mix 4 smartfoni 108 megapikselli kameraga ega bo‘ladi, deb xabar berdi Gizmochina. Mi Mix 4 joriy yilning sentabr oyida taqdim etiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu avgust oyida taqdimoti bo‘lib o‘tgan 108 megapikselli Samsung ISOCELL Bright HMX kamerasi o‘rnatilgan birinchi smartfon bo‘ladi. Mazkur kamera tasvirni 12032×9024 nuqtagacha shakllantirishi mumkin. Shuningdek, kamera Samsung […]

Endi esa ushbu geymerofon AnTuTu benchmarkida ham o‘z kuchini ko‘rsatdi. Aytish kerakki, u turli smartfonsozlarning Snapdragon 855 chipli flagmanlaridan yuqori – 405598 ball olgan: Demak, Qualcomm’ning yangi protsessori o‘z so‘zini aytgan, bu natijaga erishishda yana Black Shark texnologiyalarining ham hissasi bor. Kompaniya allaqachon Black Shark 2 Pro uchun oldindan buyurtma […]

Redmi brendi o‘tgan haftada e’lon qilgan aksiyaga ko‘ra, kompaniyaning mobil akkumulyatori – poverbank xarid qilganlarga Redmi Note 7 Pro modeli uchun chegirma taqdim etilayotgandi. Endi esa ushbu hamyonbop smartfonni Xiaomi Mall rasmiy do‘konida doimiy asosda arzonlashtirib qo‘ydi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tezkor/doimiy xotira hajmi 6/128 gigabaytlik Redmi Note 7 Pro […]

Kuni kecha Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan Global Mobile Internet Conference marosimida Honor TV qisman ko‘rsatildi. Mazkur devaysni Huawei kompaniyasiga qarashli Honor brendi rahbari Jorj Chjao namoyish etdi. Honor TV – ekrani o‘ta yupqa romli «aqlli» televizor bo‘lib, xitoylik texnogigantning HongMeng operatsion tizimida ishlaydi. Uning selfi-kamerasi «sun’iy ong» tizimi yordamida foydalanuvchining […]

Aytish kerakki, iPhone 4 modeligacha bo‘lgan smartfonlarida kupertinoliklar litiy-polimerli batareyalarni qo‘llashgan. iPhone 4s rusumidan boshlab esa ayfonlarda litiy-ionli akkumulyatorlar ishlatilib kelayotir. Ularning tok sig‘imlari esa quyidagicha: iPhone 2G – 1400 mA/soat; iPhone 3G – 1150 mA/soat; iPhone 3GS – 1219 mA/soat; iPhone 4 – 1420 mA/soat; iPhone 4s – 1430 […]

Mana, iyul oyining so‘nggi kunlari ham o‘tib bormoqda. Ushbu oxirgi ikki hafta ichida texnoolamda ko‘plab o‘zgarish va rivojlanishlar yuz berdi. Mana shunday yangiliklar qatorida shu muddat ichida Google Play Store’da e’lon qilingan va yangilangan ilovalar ham bor. Ayni damda Terabayt sahnasida iyul oyining ikkinchi yarmidagi eng ommabop Android o‘yin va […]

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi 2019 yil 27 iyuldan boshlab UNLIM 4 va UNLIM 6 tarif rejalariga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Bu to‘g‘rida kompaniya rasmiy saytida xabar berilgan. Xabarga ko‘ra, 2019 yil 27 iyuldan boshlab UNLIM 4 va UNLIM 6 tarif rejalaridan foydalanuvchi Uzonline abonentlari uchun ulanish tezligi bir yarim baravarga ortadi va mos ravishda […]

Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida uzilish yuz berdi. Bu haqda turli saytlar ishlashidagi muammolarni kuzatib boruvchi DownDetector resursi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Downdetector’ga Instagram ishida kuzatilgan uzilishlar bo‘yicha 1899 ta xabar kelib tushgan. Facebook hozirda o‘z ishini qayta tiklagan. Uzilishlar asosan Ukraina, Braziliya va Polsha foydalanuvchilarida ro‘y bergani […]

Memorandumda innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqotlarni hamkorlikda olib borish, ikki davlat olimlari, tadqiqotchilari va muhandislarining eng dolzarb ilmiy masalalarni birgalikda yechishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, xususan, seminarlar, konferensiyalar tashkillashtirishga kelishildi. Ilmiy-texnologik parklar va inkubatorlarning faoliyatini rejalashtirish, rivojlantirish va boshqarish bo‘yicha tajriba almashish, texnoparklar rezidentlarining xalqaro bozorga chiqishlarini ta’minlash, texnoparklarni malakali kadrlar […]

AQSh federal savdo komissiyasi foydalanuvchilarga tegishli ma’lumotlar oshkor bo‘lgani uchun Facebook 5 milliard dollar jarimaga tortilishini rasman ma’lum qildi. Rasmiylar bilan kelishuv doirasida jarimadan tashqari kompaniya asoschisi Mark Sukerberg maxfiylik talablariga rioya etilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Kompaniya tomonidan mazkur me’yorlarga rioya qilinmagan taqdirda Sukerberg, jumladan, jinoiy javobgarlikka ham tortilishi mumkin.