Alabamada maktab jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvidan so‘ng otishma yuz berdi. 10 kishi jabrlandi

AQShning Alabama shtati Mobil shahridagi stadionda maktab futbol jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng yuz bergan otishma oqibatida kamida 10 kishi jabrlandi. CNN’ning xabar berishicha, jabrlanuvchilarning bari 15—18 yosh oralig‘idagi o‘smirlar.

Fox News’ning aniqlik kiritishicha, olti kishi o‘qotar quroldan yaralangan, qolgan to‘rt kishi esa boshqa ko‘rinishda shikastlangan. Besh kishining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, biroq ularning hayoti xavf ostida emas.

Politsiya ikki kishini so‘roq uchun qo‘lga olgan, biroq bu aynan otishma bilan bog‘liqmi yo yo‘q, hozircha noma’lum, deb yozadi Meduza.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Idlibda o‘t ochishni to‘xtatish tartibi qaytadan joriy qilindi

Вс Сен 1 , 2019
Suriyaning Idlib viloyatida 31-avgustdan e’tiboran o‘t ochishni to‘xtatish tartibi yangitdan joriy qilindi. Bu haqda Nizolashayotgan tomonlarni yarashtirish markaziga tayanib, “Kommersant” xabar berdi. Rossiya nizolashayotgan tomonlarni yarashtirish markazi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Suriya hukumat kuchlari bilan 2019-yil 31-avgust kuni tonggi soat 6:00 dan boshlab “Idlib” xavfsizlik zonasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bir tomonlama kelishuvga erishgan. […]