Amerikalik yigit suv ostida sevgilisiga turmush qurishni taklif qildi va cho‘kib ketdi (video)

Tanzaniyadagi ta’til vaqtida AQSh fuqarosi suv ostidan turib o‘z sevgilisiga turmush qurishni taklif qilgan va cho‘kib ketgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Stiven Veber va uning sevgan qizi Kenesha Antuan xonalar derazasidan suv osti ko‘rinib turadigan yog‘ochdan qurilgan uyda yashagan. Yigit sevgilisiga o‘zgacha dil izhori qilmoqchi bo‘lgan va tashqi tomondan suvga sho‘ng‘igan holda deraza oldiga suzib borib, sevgi izhori yozilgan qog‘ozni va unashtiruv uzugini ko‘rsatgan.

Kenesha bo‘lgan voqeani tasvirga tushirgan va keyinchalik Facebook’da ham e’lon qilgan. Video ostiga esa Stivenning dil izhoridan keyin qizning javobini eshitish uchun tashqariga qaytib chiqmaganini yozgan.

Yes! Yes! Yes!

Опубликовано Kenesha Antoine Пятница, 20 сентября 2019 г.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Oq uy Tramp va Putinning telefon suhbatini yashirganlikda gumonlanmoqda

Сб Сен 28 , 2019
AQSh prezidenti administratsiyasida Donald Trampning boshqa mamlakat rahbarlari bilan telefon suhbatlarini yozib olishni cheklab qo‘yish imkoniyati mavjudligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi CNN. Xususan, Oq uy Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon bilan suhbatini maxfiylashtirishga uringan. Administratsiya sobiq xodimining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh prezidentlarining telefon […]