AQSh BMT Bosh assambleyasida qatnashuvchi Eron delegatsiyasi a’zolariga viza bermadi

AQSh Nyu-Yorkda o‘tadigan BMT Bosh assambleyasida Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga hamrohlik qiluvchi delegatsiya a’zolariga viza taqdim etmadi. Bu haqda Eron prezidenti administratsiyasi ma’lumotiga tayanib “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

“Prezidentga hamrohlik qiluvchi administratsiya o‘rinbosarlari va press-pulga viza ajratilmaganligi diplomatik majburiyatlarning bajarilmaganligini anglatadi”, — deydi prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Parviz Ismoiliy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bu yo‘l bilan Eron Islom Respublikasining “ovozini o‘chirish”ga urinmoqda.

Avvalroq AQSh Ruhoniy hamda Davlat departamentini “BMT delegatlariga viza berish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganlik”da ayblagan Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarifga vizalar taqdim etgan.

AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens CNBC telekanaliga bergan intervyusida Vashingtonning BMT Bosh assambleyasida ishtirok etuvchi eronlik rasmiylar uchun vizalar soni cheklanishini ma’lum qilgan, lekin aynan kimlarga viza berilmasligiga aniqlik kiritmagan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Rossiya IShID jangarilarining Afg‘onistonga ko‘chib o‘tishiga AQSh aloqadorligini ma’lum qildi

Пн Сен 23 , 2019
MDHga a’zo davlatlarning xavfsizlik va razvedka xizmati rahbarlarining yig‘ilishida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) beshinchi xizmati rahbari Sergey Beseda IShID terrorchilik tashkiloti jangarilarining Afg‘onistonning shimoliy hududlariga kiritilishida AQSh maxsus xizmatlarining aloqasi borligini ma’lum qildi. FXX vakilining aytishicha, Vashington MDH mamlakatlari chegaralaridagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida terrorchilarni yo‘llagan. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. […]