AQSh Oliy sudi Trampga Pentagonning 2,5 mlrd dollarini chegaradagi devorga sarflashga ruxsat berdi

AQSh Oliy sudi Donald Tramp ma’muriyatiga Pentagon jamg‘armasidan 2,5 milliard dollarni Meksika bilan chegaradagi devorni qurishga sarflashga ruxsat berdi. “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda sud qarorida aytilgan.

Prezident ma’muriyati bilan Vakillik palatasi demokratlari va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti sudlashgan. Oliy sud bundan xarajatni noqonuniy deb topgan quyi instansiya sudi qarorini bekor qilgan.

Deputatlarning fikricha, Tramp o‘z qarori bilan federal budjetning barcha pul ajratmalarini tasdiqlashi kerak bo‘lgan Kongress vakolatlarini buzmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qiluvchi tashkilot esa devor ko‘plab o‘simlik va hayvonlar populyatsiyasiga salbiy tas’ir ko‘rsatishini aytgan.

Devor noqonuniy muhojirlar oqimiga barham berish maqsadida qurilmoqda. Bu Trampning saylovoldi kampaniyasida bergan asosiy va’dalaridan biridir.

.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

AQShda saryog‘dan “Apollon-11” ekspeditsiyasi ishtirokchilarining haykali yaratildi (foto)

Вс Июл 28 , 2019
AQShda Oyga birinchi qo‘ngan Amerikaning “Apollon-11” kosmik kemasi fazogirlari Nil Armstrong, Edvin (Bazza) Oldrin va Maykl Kollinzning saryog‘dan yasalgan haykali namoyish etildi. “TASS”ning yozishicha, ular Ogayo shtatida har yili o‘tkaziluvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasiga qo‘yilgan. Haykallarning barchasi uch nafar fazogirning haqiqiy kattaligida yaratilgan bo‘lib, uni yasashga 907 kilogramm saryog‘ ketgan. Ushbu haykaltaroshlik […]