Audi faralarsiz avtomobilni namoyish etdi. Ularning o‘rnida yoritgichli dronlar bo‘ladi (video)

Germaniyaning Audi kompaniyasi Frankfurtdagi 68-xalqaro avtomobil ko‘rgazmasiga Audi Al:Trail elektromobilini olib keldi. Uning asosiy o‘ziga xos jihati — faralarning yo‘qligida, deb yozadi Meduza.

Avtomobil konsepsiyasi mualliflari faralar o‘rnini LED elementlari bo‘lgan beshta uchburchak dron bajaradi, deb hisoblaydi.

Ular mashina oldida uchadi hamda yo‘lni yoritadi va o‘rnatilgan kameralar yordamida haydovchi oldidagi ekranga yo‘lning tasvirini yuboradi.

Ishlab chiqaruvchi Al:Trail’ni yo‘ltanlamas sifatida tasniflamoqda. Uning salonida yirik gabaritli yuklar uchun joy ko‘zda tutilgan. Orqa o‘rindiqlar yotqizilsa, avtomobil belanchakka aylanadi. Dronlardan esa portativ yoritgich sifatida foydalanish mumkin.

Ushbu avtomobil komplektatsiyasida hatto binokl ham mavjud.

Bir marta quvvat oldirilganida avtomobil tekis yo‘lda 400-500 kilometr, o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarda esa 250 kilometrgacha masofa bosishi mumkin.

Avtomobilda avtopilot ham mavjud bo‘lib, u faqat maxsus yo‘llarda ishlaydi. Ushbu avtomobil qachondir savdoga chiqariladimi, yo‘qmi noma’lum.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Rossiya politsiyasi Ravon avtomobillaridan foydalanishi mumkin

Вс Сен 22 , 2019
Rossiya politsiyasi O‘zbekistonning Ravon avtomobillaridan foydalanadi. Bu haqda Ravon avtomobillarining Rossiyadagi savdosi qayta yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan Moskvada tashkil etilgan Ravon dilerlari anjumanida ma’lum qilingan, deya xabar bermoqda “Podrobno.uz”. Tadbir davomida ishtirokchilarga Moskva shahar yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan foydalanilayotgan Ravon R4 (Cobalt) avtomobili namoyish etilgan. Bundan tashqari, mehmonlarda Ravon Racing poyga jamoasi […]