Bokudagi eng yirik savdo markazida yong‘in yuz berdi (video)

Ozarbayjon poytaxti Bokudagi eng yirik savdo markazi “Sadarak” hududida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Ozarbayjon favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar va 15 ta tez yordam brigadasi yo‘llangan. Ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda.

Qayd etilishicha, yong‘inni o‘chirish davomida favqulodda vaziyatlar vazirligining 7 xodimi tutundan zaharlangan. Ular klinik tibbiyot markazining toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan.

Savdo markazi Boku chekkasida joylashgan bo‘lib, maydoni 100 gektarni tashkil qiladi. U 12 mingdan ko‘proq ulgurji va chakana savdo obyekti, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori, bir qavatli ulgurji ombor, turli muhandislik inshootlarini o‘z ichiga oladi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

AQShning Chikago shahrida otishma yuz berdi

Вс Авг 4 , 2019
Chikagodagi bog‘lardan biridan yuz bergan otishma oqibatida kamida yetti kishi jabrlandi, debxabar berdi “TASS”. Qayd etilishicha, otishma shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi yuz bergan. Guvohlarning ma’lum qilishicha, bog‘ yaqinidan o‘tib ketayotgan mashina ichidan o‘q otila boshlagan. Otishma oqibatida yetti kishi jarohatlangan, ulardan birining ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Politsiya holat bo‘yicha surishtiruv boshlagan.