Britaniyalik jurnalist ayol bosh vazir Boris Jonsonni tegajoqlikda aybladi

The Sunday Times jurnalisti Sharlott Edvards Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonni tegajoqlikda aybladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

U o‘zining yakshanba kungi maqolasida 1999-yili Spectator jurnali tahririyatida bo‘lib o‘tgan tushlik chog‘ida Boris Jonson boshqalardan yashirib sonidan ushlaganini da’vo qilgan. U paytlar Jonson Spectator bosh muharriri lavozimini egallagan, Edvards esa reportyorlik faoliyatini endi boshlayotgandi. O‘zining aytishicha, o‘sha paytda bu haqda hech kimga aytmaslikka qaror qilgan.

Maqolada Jonson qarama-qarshi tomonda o‘tirgan boshqa jurnalist ayolga nisbatan ham shunday qiliq qilgani bildirilgan.

Bosh vazir devonxonasi bu ayblovlarni rad etib, bunday holat hech qachon ro‘y bermaganini bildirdi. Bunga javoban Edvards “Bosh vazir yuz bergan hodisani eslolmasa, demak, xotiram unikiga qaraganda ancha yaxshi ekan”, deya kinoya qildi.

Bu The Sunday Times nashri tomonidan Boris Jonsonga nisbatan oxirgi paytda ilgari surilgan ikkinchi ayblov. Oldinroq gazeta xodimlari Jonsonning amerikalik tadbirkor Jennifer Arkuri bilan munosabatlarini shubha ostiga olgandi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

WhatsApp messenjeri 2020-yilda boshlab ayrim smartfonlarda ishlashdan to‘xtaydi

Вт Окт 1 , 2019
2020-yil 1-fevraldan boshlab WhatsApp eskirgan operatsion tizimlardagi messenjerini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Bu haqda messenjer dasturchilari o‘z blogida ma’lum qildi. O‘zgarishlar Android va iOS qurilmalariga tegishli, xususan, messenjer Android 2.3.x (Gingerbread) hamda 2014-yilgi iOS 8’da ishlashdan to‘xtaydi. Bu turdagi operatsion tizimda ishlaydigan qurilmalardan foydalanuvchilarga o‘z operatsion tizimini yangisiga o‘zgartirish taklif etiladi. Android 2.3.x […]