Donald Tramp Afg‘oniston bilan muzokaralar nima sababdan bekor qilinganiga izoh berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp nima sababdan Afg‘oniston bilan tinchlik muzokaralarini o‘tkazishni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilganiga izoh berdi, deb xabar qiladi “RBK”.

“Menga keladigan bo‘lsak, fikrimcha, muzokaralar o‘ldi”, — deydi Tramp. Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” harakati amerikalik harbiy halok bo‘lgan Kobuldagi terakt bo‘yicha mas’uliyatni o‘zi zimmasiga olganidan so‘ng, u muzokaralarni davom ettira olmagan.

Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi kerak bo‘lgan 14 ming harbiy haqida AQSh prezidenti “vaqti kelganda” deya javob qaytargan.

Tramp Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, shuningdek, “Tolibon” yetakchilari bilan 8-sentabr kuni muzokara o‘tkazishi kerak edi. Biroq Kobulda 12 kishining umriga zomin bo‘lgan terakt sabab uchrashuv bekor qilindi.

Avgust oyining oxirida bir qator nashrlar AQSh va “Tolibon” Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketish shartlarini kelishib olgani haqida xabar bergandi. Kelishuv natijalariga ko‘ra 5 ming nafar harbiy darhol mamlakatni tarki etishi kerak edi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi

Вт Сен 10 , 2019
AQSh prezidenti Donald Tramp zarurat tug‘ilgan taqdirda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. U, shuningdek, Moskva va Kiyev o‘rtasida mahbuslar almashilganini o‘ta ijobiy va “katta qadam” deb baholadi. “Agar ularga ishtirokim zarur bo‘lsa, shunday qilaman. Almashuv esa chindan ham juda ijobiy hodisa”, — dedi Tramp AQShning “Normand formati”dagi ishtiroki ehtimoli […]