Donald Tramp koinotni navbatdagi harbiy harakatlar sohasi deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kosmik kuchlar qo‘mondonligi ishga tushirilganini e’lon qildi. Tramp ushbu qo‘mondonlikni yaratish bo‘yicha qarorni 2018-yilning oxirida imzolagan edi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Amerika qo‘shinlarining yangi bo‘linmasi mamlakat manfaatlarini va AQSh sun’iy yo‘ldoshlarini koinotda himoya qiladi, shuningdek, kosmik chiqindilarni kuzatib boradi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQShning koinotdagi erkin harakati o‘zlari tomon uchirilgan har qanday raketani aniqlash va yo‘q qilish imkonini beradi. “Kosmik qo‘mondonlik Amerikaning koinotdagi hukmronligiga hech qachon tahdid qilmasliklariga kafolat beradi. Kosmik qo‘mondonlik harbiy harakatlarning navbatdagi sohasi koinotda Amerika manfaatlarini himoya qiladi”, — deydi AQSh prezidenti.

Qo‘mondonlikka general Jon Reymond boshchilik qiladi. Yangi bo‘linma AQShning 11-jangovar qo‘mondonligiga aylandi. Dastlab qo‘mondonlik tarkibidan 287 kishi o‘rin oladi. U aynan qayerda joylashishi hozircha noma’lum.

Shuningdek, AQSh koinotni tadqiq qilishda yadroviy tizimlarni yaratish bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari Vashington 2023-yildan boshlab kosmik parvozlarda Rossiya xizmatidan foydalanishni to‘xtatish niyatida.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Dunyoning eng uzun temir yo‘llari

Вс Сен 1 , 2019
Temir yo‘llar qurilishi XIX asr boshlarida boshlangan bo‘lsa-da, uning ahamiyati hanuzgacha pasaymadi. Bugungi kunda ham dunyo bo‘ylab tashilayotgan yuklar va yo‘lovchilarning aksar qismi temir yo‘llardan o‘tadi. XX asr va XXI asrning boshlarida dunyodagi eng uzun temir yo‘l yo‘nalishi Transsibir yo‘nalishi edi. Bu yo‘nalish Moskvadan Uzoq Sharqdagi Vladivostok shahrigacha borardi. 2014-yilda […]