Facebook Saudiya Arabistoni va BAAga tegishli 476 ta akkauntni o‘chirib tashladi

Facebook kompaniyasi Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridan ortida Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari turgan 476 ta akkauntni o‘chirib tashladi, deb xabar beradi“Korrespondent.net”.

Foto: EPA

“Biz Facebook’dan BAA va Misrdan tarqalgan hamda Yaqin Sharq, Shimoliy va Sharqiy Afrikaning bir qator davlatlari, jumladan, Liviya, Sudan, Komor orollari, Qatar, Turkiya, Suriya, Livan, Iordaniya va Marokashga qarshi qaratilgan shubhali harakatlarga jalb qilingan 259 ta akkauntni, 102 sahifani, 5 guruhni hamda Instagram’dan 17 ta akkauntni o‘chirib tashladik”, — deyiladi xabarda.

Kompaniyada ta’kidlanishicha, bloklangan akkauntlar egalari uydirma nomlar ostida Qatar va Turkiyaning terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashga aloqadorligi, Eronning Yamandagi harakatlari, Liviyadagi ixtilof va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning Yamandagi muvaffaqiyatlari haqidagi materiallarni joylashtirgan va tarqatgan. Bu foydalanuvchilar ushbu materiallarni BAA manfaati yo‘lida ilgari surishga uringan.

Shu bilan birga, kompaniya ma’muriyati Facebook’dan Saudiya Arabistonidan tarqalgan shubhali harakatlarga aloqador 217 ta akkaunt, 144 sahifa, 5 guruh va Instagram’dan 31 akkauntni o‘chirib tashlagan. Bu akkauntlar egalari OAV bo‘linmalari ko‘rinishi ostida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhmmmad bin Salmon, uning “Nuqtayi nazar—2030” dasturi va Saudiya Arabistoni qurolli kuchlarining yutuqlari haqida maqtovli axborot tarqatgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Vladimir Zelenskiyning ofis rahbari iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi

Пт Авг 2 , 2019
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ofisining rahbari Andrey Bogdan AQSh tomonidan bo‘layotgan bosimlar sabab lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozdi, deb xabar berdi“Liga.Novosti”. Xabar qilinishicha, ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi ariza Zelenskiyga 1-avgust kuni topshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Bogdan Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvni tashkillashtira olmagani sabab iste’fo so‘ragan. Manbalarning ta’kidlashicha, […]