Fotogalereya: Parijda Jak Shirak bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi

Fransiya poytaxti Parij shahrida 29-sentabr, yakshanba kuni mamlakatning sobiq prezidenti Jak Shirak bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Jak Shirak 26-sentabr, payshanba kuni 86 yoshida vafot etdi. Marosimga qariyb 80 nafar amaldagi va sobiq davlat rahbari taklif qilindi. “RBK” marosim aks etgan fotoreportajni taqdim etdi.

Jak Shirak bilan milliy vidolashuv 29-sentabr kuni Parijdagi “Nogironlar uyi” majmusida bo‘lib o‘tdi, unda minglab kishilar ishtirok etdi.

Rasmiylarning ma’lum qilishicha, “Nogironlar uyi”ning eshiklari odamlar kelishi davom etayotgani uchun ochiq bo‘ladi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron

30-sentabr Fransiyada motam kuni deb e’lon qilindi.

Dafn marosimi Parijdagi Sen-Syulpis cherkovida bo‘lib o‘tdi.

Chapdan o‘ngga: Brijit va Emmanuel Makron hamda Jak Shirakning qizi Klod

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (markazda)

O‘ndan chapga: Fransiyaning sobiq prezidenti Valeri Jiskar d’Esten rafiqasi Ann-Eymon bilan, sobiq prezident Nikola Sarkozi rafiqasi Karla Bruni-Sarkozi bilan, sobiq prezident Fransua Olland.

Livan bosh vaziri Saad Hariri (chapda) va AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton (markazda)

O‘ngdan chapga: Monako knyazi Alber, Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad al-Taniy va Fransiyaning sobiq prezidenti Valeri Jiskar d’Esten

Jak Shirak Fransiyani 1995-yildan 2007-yilgacha boshqargan. U 26-sentabr kuni vafot etdi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Niderlandiya politsiyasi do‘kondagi o‘g‘rilikda ishtirok etgan to‘tini hibsga oldi

Вт Окт 1 , 2019
Niderlandiyaning Utrext shahri politsiyasi do‘kondagi o‘g‘rilikda ishtirok etgan to‘tini hibsga oldi. Bu haqda Meduza hikoya qilmoqda. Qush egasi bilan birga qo‘lga olindi. Politsiya bo‘limida to‘ti uchun mos qafas yo‘qligi sabab uni egasi bilan bir kameraga joylashtirishga to‘g‘ri keldi. Qush bilan o‘rnatilgan tartibga binoan muomala qilindi: unga suv va yemish (butun boshli buterbrod) […]