Fransiyalik fuqaro La-Mansh bo‘g‘ozini o‘zi yaratgan flaybordda uchib o‘tdi (video)

Fransiyalik Frenki Zapati ismli shaxs o‘zi yaratgan flaybord yordamida La-Mansh bo‘g‘ozidan uchib o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Bu Frenki Zapatining ikkinchi urinishi bo‘lib, u muvaffaqiyatli yakunlandi. Zapata Sangatte plyajidan soat 8:16 da havoga ko‘tarilib, inglizlarning Sen-Margaret-Bey qirg‘og‘iga 8:39 da kelib qo‘ngan. Yo‘lda u bir necha soniya qo‘nib, qurilmasini yoqilg‘i bilan to‘ldirgan.

Parvoz dengiz sathidan 15—20 metr balandlikda bo‘lib o‘tdi.

Ixtirochining Yoshi 40 da bo‘lib, u gidrosikl poygalari bo‘yicha sobiq jahon va Yevropa chempioni.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Qanday hollarda avtomobil yo‘llarida harakat cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin?

Вт Авг 6 , 2019
Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali qanday hollarda harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash mumkinligi haqida ma’lumot berdi. Quyidagi holatlarda avtomobil yo‘llarida harakatlanishni cheklash yoki taqiqlash mumkin: — noqulay ob-havo sharoitlarida; — tabiiy ofatlar yuz berganda; — yong‘inlar yuz berganda; — avtomobil yo‘li ko‘tarish qobiliyatini yo‘qotganda va boshqa shunga o‘xshash hollarda; — ta’mirlash-qurilish ishlari olib […]