Gruziya prezidenti Rossiyaga nisbatan iqtisodiy qaramlikni kamaytirish lozimligini ma’lum qildi

Fransiyada o‘tkazilgan xalqaro forumda Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili so‘zga chiqib, mamlakatning Rossiyaga nisbatan iqtisodiy bog‘liqligini kamaytirish lozimligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Gruziyaga “ko‘proq Yevropa sarmoyalari” kerak, deb xabar beradi “Kommersant”.

Zurabishvilining ta’kidlashicha, Gruziya Yevropa Ittifoqiga kirishga harakat qilmoqda. “Bizga ko‘proq Yevropa sarmoyalari, Yevropa davlatlaridan turistlar kerak, shuningdek, mahsulotlarimizga yanada ko‘proq yevropalik iste’molchilar zarur”, — deydi Gruziya prezidenti.

Rossiya va Gruziya 2008-yildan buyon diplomatik aloqalarni olib bormaydi. Munosabatlar Tbilisining tashabbusi bilan Moskva Abxaziya va Janubiy Osetiya suverenitetini tan olganidan so‘ng buzilgan.

2019-yilning iyunida ikki mamlakat o‘rtasidagi mojarolar yanada keskin tus oldi. Rossiya deputatlari delegatsiyasining rahbari Sergey Gavrilov Gruziya parlamenti spikerining o‘rindig‘iga o‘tirib olganidan so‘ng, Tbilisida ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib ketgandi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashayotgan shvetsiyalik o‘quvchi qiz BMT sammitiga yelkanli qayiqda keldi. Tabiatga zarar yetkazmaslik uchun (video)

Вс Сен 1 , 2019
Iqlim o‘zgarishi muammolari bilan shug‘ullanayotgan shvetsiyalik maktab o‘quvchisi Greta Tunberg Nyu-Yorkka yetib keldi. U atrof-muhitga zararli ta’sirni kamaytirish uchun samolyotda uchishdan voz kechdi va AQShga parus yaxtasida yetib bordi. Safar ikki hafta davom etdi. Tunberg BMTning sentabr oyi ikkinchi yarmida AQSh va Chilida bo‘lib o‘tadigan iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha sammitida ishtirok etadi. […]