Kreml Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni G‘alabaning 75 yilligi tantanalariga taklif qilad

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Ulug‘ Vatan urushi (Ikkinchi jahon urushining 1941-yil 22-iyundan 1945-yil 9-mayga qadar davom etgan qismi)dagi g‘alabaning 75 yilligi tantanalarida ishtirok etish bo‘yicha taklifnoma yuboriladi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha 17 mamlakat yetakchilari bayram tadbirlarida ishtirok etishini tasdiqlagan. Ular orasida Hindiston, Kuba, Fransiya, Chexiya, Venesuela, Belarus, Armaniston, Bolgariya va Serbiya yetakchilari bor, dedi Ushakov.

AQSh prezidenti Donald Trampga ham taklifnoma yuborilgan, biroq, Ushakovning qo‘shimcha qilishicha, u hali javob berganicha yo‘q. Avvalroq xuddi shunday taklifnoma O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham yuborilgani haqida xabar berilgan edi.

2015-yili, G‘alabaning 70 yilligi tantanalariga Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh yetakchilari kelmagan edi. Ular Ukraina sharqidagi qurolli nizo va Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi yuz bergan bir vaqtda Rossiyaga tashrif buyurishni maqsadga muvofiq emas, deb hisoblagan edi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Tramp Floridaga yaqinlashib kelayotgan “Dorian” bo‘roni sabab Polshaga safarini bekor qildi

Вс Сен 1 , 2019
Donald Tramp Floridaga yaqinlashib kelayotgan “Dorian” bo‘roni sabab Polshaga safarini bekor qildi. Bu haqda AQSh prezidenti jurnalistlarga Oq uyda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda CNN. “Men uchun shu yerda bo‘lish muhim. Bo‘ron, ko‘rinishidan, juda ham jiddiy bo‘lishi mumkin”, — dedi Tramp. Uning ma’lum qilishicha, u o‘z tashrifini bekor qilgani haqida Polsha prezidenti […]