Milliarder Jek Ma Alibaba rahbarligidan ketdi

Xitoyning Alibaba internet-riteyleri asoschisi Jek Ma kompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etdi, deya xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Jek Ma 10-sentabrda — 55 yoshga to‘lgan kuni iste’foga chiqqan. Rais lavozimida uning o‘rnini kompaniya bosh direktori Deniyel Chjan egallagan.

Bloomberg’ning yozishicha, iste’foga chiqqaniga qaramay, Jek Ma kompaniyada asosiy shaxs bo‘lib qolaveradi. Deniyel Chjan muhim qarorlarni Alibaba asoschisining ko‘magisiz qabul qilishi ehtimoli kam.

Jek Ma Alibaba’ni tark etish rejasini ilk bor 2018-yil sentabrida ma’lum qilgan edi. O‘shanda u ta’lim sohasidagi xayriya loyihalari bilan shug‘ullanmoqchi ekanligini bildirgan edi.

Sobiq ingliz tili o‘qituvchisi Jek Ma 1999-yili Alibaba’ga asos solgan. Hozirda bu Xitoydagi bozor kapitalizatsiyasi 460 milliard dollarga teng bo‘lgan eng yirik kompaniyadir. Kompaniya, jumladan, AliExpress savdo maydonchasiga egalik qiladi.

Bloomberg Jek Maning boyligini 41,8 milliard dollarga baholagan — u Osiyoning eng badavlat ikkinchi odami.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Haydovchisiz boshqariladigan “Yandeks” avtomobillari 1 mln kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi

Вт Сен 10 , 2019
“Yandeks” haydovchisiz boshqariladigan avtomobillari 2018-yilning boshidan buyon Rossiya, AQSh va Isroil bo‘ylab 1 million kilometr masofani bosib o‘tdi, deb xabar beradi “VC.ru”. Mashinalar ushbu masofaning asosiy qismini barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan yo‘llarda bosib o‘tgan. Kompaniya vakilining so‘zlariga qaraganda, yo‘llarning asosiy qismi Moskva shahri hisobiga to‘g‘ri keladi. Uning ta’kidlashicha, test jarayonlari har qanday […]