Niderlandiya politsiyasi do‘kondagi o‘g‘rilikda ishtirok etgan to‘tini hibsga oldi

Niderlandiyaning Utrext shahri politsiyasi do‘kondagi o‘g‘rilikda ishtirok etgan to‘tini hibsga oldi. Bu haqda Meduza hikoya qilmoqda.

Qush egasi bilan birga qo‘lga olindi. Politsiya bo‘limida to‘ti uchun mos qafas yo‘qligi sabab uni egasi bilan bir kameraga joylashtirishga to‘g‘ri keldi. Qush bilan o‘rnatilgan tartibga binoan muomala qilindi: unga suv va yemish (butun boshli buterbrod) berildi.

Hodisani yoritgan niderlandiyalik jurnalistlar ham daxlsizlik qoidalariga rioya qildi — to‘ti fotosining yuziga qora tortib qo‘yildi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Reuters: “O‘zbekistonda amaldorlar ishdan holdan toyib uxlab qolmoqda”

Вт Окт 1 , 2019
Reuters nashri O‘zbekistonda amaldorlar ishdan holdan toyib uxlab qolayotgani haqida maqola e’lon qildi, deb yozadi “Togri.uz”. Xorijliklar o‘zbekistonlik davlat xizmatchilari bilan noodatiy vazifa — muloqot chog‘ida hamsuhbatining uxlab qolmasligiga e’tibor qaratishlari kerak bo‘lmoqda, deyiladi Reuters chop etgan maqolada. “U kunduzgi uchrashuv davomida ikki marta uxlab qoldi”, — deydi moliyachi O‘zbekistonda o‘rta darajadagi xizmatchi […]