Olmaotada mast haydovchi ommaviy YTH sodir etdi (foto)

Olmaotada sodir bo‘lgan ommaviy yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Tengrinews.

Foto: Tengrinews

Avariya shaharning Rayimbek va Bayzakov ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan.

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, avtomobillar svetaforning qizil chirog‘i yongani sabab to‘xtab turgan. Shu vaqtda Mitsubishi Carisma haydovchisi noma’lum sabablarga ko‘ra boshqaruvni yo‘qotib, chorrahada turgan avtomobillar oldiga to‘xtash o‘rniga, Mitsubishi Galant’ga borib urilgan. Natijada Galant oldida turgan Lexus’ni pachoq qilgan. Lexus zarba oqibatida Toyota Land Cruiser Prado bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Foto: Tengrinews

Ommaviy avariya oqibatida uch kishiga jarohat yetgan bo‘lib, ularning barchasi shifoxonaga yetkazilgan.

Keyinroq, aniqlanishicha, YTH sababchisi mast holatda bo‘lgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Putinni “quvish”ni niyat qilgan shaman mashhurlikka erishmoqda (video)

Пт Авг 2 , 2019
Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “quvib yuborish” maqsadida piyoda Moskvaga yo‘l olgan yoqutistonlik shaman Aleksandr Gabishev besh oydan buyon o‘z maqsadi tomon harakatlanmoqda, deb xabar beradi “Liga.Novosti”. Gabishev Putinni “qora kuchlar samarasi”, “tabiat yomon ko‘radigan iblis” deb va uni quvib yuborish uchun jangchi-shamanning kuchi kerakligini ta’kidlamoqda. “U bor joyda falokat va teraktlar ham bor. […]