Oq uy Tramp va Putinning telefon suhbatini yashirganlikda gumonlanmoqda

AQSh prezidenti administratsiyasida Donald Trampning boshqa mamlakat rahbarlari bilan telefon suhbatlarini yozib olishni cheklab qo‘yish imkoniyati mavjudligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi CNN.

Xususan, Oq uy Trampning Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon bilan suhbatini maxfiylashtirishga uringan. Administratsiya sobiq xodimining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh prezidentlarining telefon suhbati stenogrammasi qattiq cheklangan bo‘lgan.

Bundan tashqari, administratsiya xodimlari Trampning shahzoda Muhammad bilan suhbati stenogrammasini ko‘rmagan, odatda ularda bunday suhbatlarni kuzatish huquqi bo‘ladi.

Oq uy hozircha ushbu ma’lumotga izoh bermagan.

Avvalroq, Oq uy Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan suhbatini maxfiylashtirishga uringani ma’lum bo‘lgandi. Bu kabi qaror AQSh Milliy xavfsizlik kengashi yuristlari ko‘rsatmasiga asosan qabul qilingan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Eski namunadagi (nobiometrik) pasportning O‘zbekiston hududida amal qilish muddatiga 95 kun qoldi

Сб Сен 28 , 2019
Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi O‘zbekiston fuqarolarini eski namunadagi (nobiometrik) pasportlarning amal qilish muddatiga 95 kun qolgani haqida ogohlantirdi. Ushbu muddatga qadar eski namunadagi pasportni biometrik pasportga almashtirmagan fuqarolar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. […]