O‘zini suratga olgan ishchini kaltaklashni buyurgan saudiyalik malika 10 oylik shartli qamoq jazosini oldi

Parij sudi Saudiya Arabistoni podshohi Salmonning qizi va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Al-Saudning singlisi Hassa bint Salmonni 10 oylik shartli qamoq jazosi va 10 ming yevro jarimaga tortdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Malika Fransiya fuqarosini zo‘ravonlik bilan vaqtinchalik ozodlikdan mahrum qilishda sherik deb tan olingan.

Bundan tashqari, malikaning tansoqchisi ham 8 oylik shartli qamoq jazosi va 5 ming yevro jarimaga tortilgan. Malikaning o‘zi hukm chiqarilishida ishtirok etmagan.

Voqea 2016-yilda malikaning uyiga xizmat ko‘rsatuvchi texnik uyning yuqori qavatlaridan birida eshikni bo‘yayotganda yuz bergan. Ishchi u yerga malikaning xonasidagi rakovina sinib qolgani sababli chaqirtirilgan. U ta’mirlash ishlariga kirishish oldidan vannaxonada o‘z telefoniga bir nechta suratlar olgan. Ta’kidlanishicha, Fransiyada bu odatiy jarayon hisoblanadi.

Biroq suratlari matbuotda e’lon qilinmasligi bilan tanilgan malika ishchini aynan uni suratga olmoqchi bo‘lganlikda ayblagan. Shundan keyin u o‘zining tansoqchisi Rani Saidiyni ishchi bilan gaplashib qo‘yish uchun chaqirtirgan. Tansoqchi ishchini qo‘rqitib, uni do‘pposlashga tushgan. Ishchi 15 daqiqacha shunday qiynalgach, tiz cho‘kib, malikaning tuflisini o‘pishga majbur qilingan.

Tergovning aniqlashicha, bularning barchasi malikaning buyrug‘i bilan amalga oshirilgan. Unga nisbatan 2017-yil dekabrda hibsga olish orderi berilgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Putin “qanaqadir landavurlar” hech qachon Rossiya prezidentligi lavozimiga da’vo qila olmasligini bildirdi

Пт Сен 13 , 2019
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dog‘istonda 1999-yilning avgust-sentabr oylarida terrorchilarga qarshi o‘tkazilgan harbiy harakatlarda ishtirok etgan ko‘ngilli askarlar bilan muloqotda bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”. Putin Rossiya fuqarolarining jasoratini alohida qayd etib, davlatni aynan shunday xususiyatga ega prezident boshqarishi kerakligini aytgan. “Toki mana shunday kelishgan erkaklar, ajoyib, chiroyli ayollar bor ekan, Rossiyada qandaydir […]