Parij sudi Sonia Rykiel modar uyini zudlik bilan yopish haqida hukm chiqardi

Parijda Sonia Rykiel modalar uyi yopiladi, deb xabar bermoqda Meduza. Sud kompaniyani sotib olish bo‘yicha oxirgi arizani rad etgan.

Xabarda aytilishicha, sud modalar uyini sotib olmoqchi bo‘lgan Lévy kompaniyasi taklifini rad etgan. Bundan qarordan so‘ng sud zalida bo‘lgan Sonia Rykiel xodimlarining bir nechtasi yig‘lab yuborgan.

Kompaniyani tugatish doirasida Sonia Rykiel’ning 10 ta do‘konlari yopiladi. Kompaniyaning arxivi va intellektual mulki esa sotiladi. Ta’kidlanishicha, agar savdo belgisiga xaridor chiqsa, u saqlab qolinishi mumkin.

Aprel oyida Sonia Rykiel egasi bankrotlikdan himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilgan va bu doirada kompaniyani sotib olish bo‘yicha bir necha takliflar ko‘rib chiqilgan.

Ma’lumot uchun, Sonia Rykiel savdo belgisiga 1968-yilda frunsuz modeleri Sonya Rikel tomonidan asos solingan. Kompaniya asoschisi 2016-yilda vafot etganidan so‘ng modalar uyida savdo hajmining keskin pasayishi oqibatida moliyaviy qiyinchiliklar boshlangan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Gruziyada yuk mashinasi 400 metr balandlikdan jarlikka quladi. 5 kishi halok bo‘ldi

Вс Июл 28 , 2019
Gruziyada yuk mashinasining jarlikka qulashi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. YTH Yevropada eng xavfli hisoblanadigan Pshaveli—Abano—Omalo yo‘lida sodir bo‘ldi. Haydovchi boshqaruvni uddalay olmadi va mashina 400 metr balandlikdan jarlikka quladi. Mashinada jami 12 kishi bo‘lgan. Ulardan ayrimlari sakrab tushib qolishga muvaffaq bo‘lgan, 3 kishi turli […]