Putinni “quvish”ni niyat qilgan shaman mashhurlikka erishmoqda (video)

Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “quvib yuborish” maqsadida piyoda Moskvaga yo‘l olgan yoqutistonlik shaman Aleksandr Gabishev besh oydan buyon o‘z maqsadi tomon harakatlanmoqda, deb xabar beradi “Liga.Novosti”.

Foto: RFE

Gabishev Putinni “qora kuchlar samarasi”, “tabiat yomon ko‘radigan iblis” deb va uni quvib yuborish uchun jangchi-shamanning kuchi kerakligini ta’kidlamoqda.

“U bor joyda falokat va teraktlar ham bor. U o‘zga sayyoralik. Bizlardan emas. Yerlik emas. Uning atrofidagilar — adashganlar. Xalqning yarmini adashtirgani sabab uning ikkinchi ismi — Lukaviy. U bu borada juda kuchli”, — deydi Gabishev.

Shamanning so‘zlariga ko‘ra, Xudo unga Kremlga piyoda borishni buyurgan. 6-mart kuni yo‘lga chiqqan Gabishev 2021-yilning avgustida Kremlga yetib borishni rejalashtirgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Prezident farmoyishi: Endi ko‘chmas mulk obyektlarini buzish ishlari 3 bosqichda amalga oshiriladi

Вс Авг 4 , 2019
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida Prezident farmoyishi qabul qilindi, deb yozadi “Huquqiy axborot”. Farmoyishga ko‘ra, 2019-yil 5-avgustdan boshlab, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarini olib qo‘yish hamda ko‘chmas mulk obyektlarini buzish ishlari quyidagicha 3 bosqichda amalga oshiriladi: hokimlar tomonidan buzilishi rejalashtirilgan hudud bo‘yicha materiallar […]