Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi qishloq ahli aroqdan voz kechishga qaror qildi. Do‘konlardagi jami spirtli ichimliklar yo‘q qilindi

Qirg‘izistonning Botken viloyati, Qadamjoy tumani, Noogardi qishlog‘i ahli spirtli ichimliklar iste’molidan voz kechishga qaror qildi, deb xabar qiladi “Turmush”.

6-sentabrdan e’tiboran qishloqda alkogol sotuviga taqiq joriy etildi.

Mahalliy oqsoqollarga ko‘ra, spirtli ichimliklar tufayli qishloqda turli noxush hodisalar ro‘y bermoqda. Shu sababli mazkur chorani qo‘llashga majbur bo‘lishgan.

Hamqishloqlar ularning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Shundan so‘ng qishloq do‘konlaridagi barcha alkogol mahsulotlari 90 ming som (1,3 ming AQSh dollari)ga sotib olinib, yo‘q qilindi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Toshkent—Volgograd yo‘nalishidagi poyezd vagonidan o‘zbekistonlik erkak jasadi topildi

Вт Сен 10 , 2019
Rossiyaning Astraxan viloyatida yo‘lovchi poyezdidan 52 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda Rossiya Janubiy transport tergov boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yilning 7-sentabr kuni soat 2:30 larda Astraxan viloyatining Oqsaroy stansiyasida Toshkent—Volgograd yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdidan 1967-yilda yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi topilgan. Tekshiruv o‘tkazilganda uning tanasida […]