Rossiya politsiyasi Ravon avtomobillaridan foydalanishi mumkin

Rossiya politsiyasi O‘zbekistonning Ravon avtomobillaridan foydalanadi. Bu haqda Ravon avtomobillarining Rossiyadagi savdosi qayta yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan Moskvada tashkil etilgan Ravon dilerlari anjumanida ma’lum qilingan, deya xabar bermoqda “Podrobno.uz”.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Moskva shahar yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan foydalanilayotgan Ravon R4 (Cobalt) avtomobili namoyish etilgan. Bundan tashqari, mehmonlarda Ravon Racing poyga jamoasi vakillari va jamoaning avtomobillari bilan tanishish imkoni ham bo‘lgan.

“Ravon Rossiya bozoriga yaxshi tanish uchta model — R4 (Cobalt), R2 (Spark) va Nexia R3 bilan qaytmoqda. Mashinalar sotuvi rasmiy dilerlik markazlarida shu oydayoq boshlanadi, dilerlik tarmog‘ini sezilarli kengaytirish rejalashtirilgan”, — deya ma’lum qildi “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati vakillari.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Zinedin Zidan “Real”ning “Sevilya”ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi

Вс Сен 22 , 2019
Madridning “Real” klubi 22-sentabr oqshomida “Sevilya” mehmoni bo‘ladi. La Liga 5-turidan o‘rin olgan bahs uchun Zinedin Zidan “Real”ning o‘yin qaydnomasini e’lon qildi. Qaydnomadan jarohatdan qutulib safga qaytgan Alvaro Odriosola, Mariano Dias, Braim Dias hamda Rodrigo Goeslar o‘rin olmagan. Bundan tashqari ushbu o‘yinni jarohati sabab Luka Modrich, Isko, Marko Asensio ham […]