Tashqi qarzi eng katta davlatlar qaysilar? Qarzi yo‘q davlatlarchi?

Bugungi globalizatsiya to‘liq g‘alaba qozonib bo‘lgan davrda dunyo mamlakatlari o‘zaro savdo-sotiq va iqtisodiy hamkorlik aloqalarida albatta bir-birlari bilan qarz oldi-berdi qiladi. Bu qarzlar tarkibiga umumiy hisobda davlatlarning o‘zlari to‘g‘ridan to‘g‘ri olgan qarzlar ham, investitsiya sifatida kiritilgan mablag‘lar ham kiradi.

Dunyo mamlakatlarining qarzlariga e’tibor qilinsa, aksariyat rivojlangan davlatlar eng qarzdor davlatlar ro‘yxatiga kiradi. Yana shunisi ham borki, ular bir-biridan ko‘proq qarz bo‘lgan. Masalan, AQShning eng yirik tashqi qarzi Yaponiyadan, Yaponiyaning eng yirik tashqi qarzi AQShdan. Bu shuni anglatadiki, dunyoning rivojlangan davlatlari o‘rtasida ishonch kuchli va ular bir-birlariga qarz berib, bir-birlarining iqtisodiyotiga sarmoya kiritib ishlab ketavergan.

Foto: “Gazeta.uz”

Quyida eng yirik qarzdor davlatlar o‘ntaligi, tashqi qarzi YaIM hajmiga nisbatan eng katta bo‘lgan davlatlar o‘ntaligi, tashqi qarzi aholi jon boshiga taqsim qilinganda eng katta summa chiqqan davlatlar o‘ntaligi hamda qarzi eng kam davlatlar o‘ntaligi haqida ma’lumot beramiz.

Tashqi qarzi eng katta davlatlar

Ro‘yxatdan ham ma’lum, tashqi qarzi eng katta davlatlar asosan dunyoning iqtisodiy rivojlangan davlatlaridir:

10. Italiya – 2 trillion 444 milliard;

9. Irlandiya – 2 trillion 470 milliard;

8. Yaponiya – 3 trillion 240 milliard;

7. Lyuksemburg – 3 trillion 781 milliard;

6. Niderlandiya – 4 trillion 063 milliard;

5. Germaniya – 5 trillion 326 milliard;

4. Fransiya – 5 trillion 360 milliard;

3. Buyuk Britaniya – 8 trillion 126 milliard;

2. AQSh – 17 trillion 910 milliard;

1. Yevropa Ittifoqi – 29 trillion 270 milliard.

Tashqi qarzi YaIM hajmiga nisbatan baland davlatlar

Tashki qarzi YaIM hajmiga ko‘ra foizlarda eng baland davlatlar o‘ntaligada esa iqtisodiy rivojlangan davlatlar ham, iqtisodiy rivojlanayotgan davlatlar ham bor. Hatto iqtisodiy qoloq davlatlar ham topiladi.

10. Barbados – 106,58 foiz;

9. AQSh – 107,48 foiz;

8. Yamayka – 116,07 foiz;

7. Butan – 122,12 foiz;

6. Kabo-Verde – 122,25 foiz;

5. Portugaliya – 127,33 foiz;

4. Eritreya – 127,5 foiz;

3. Italiya – 131,71 foiz;

2. Livan – 147,62 foiz;

1. Yaponiya – 250,91 foiz.

Tashqi qarzi jon boshiga hisoblaganda eng baland davlatlar

Foto: Google Photos

Endi dunyo mamlakatlari orasidagi tashqi qarzi aholi jon boshiga hisoblaganda eng katta bo‘lgan mamlakatlar o‘ntaligi bilan tanishamiz. Ularning aksariyati dunyoning eng iqtisodiy rivojlangan davlatlari sirasiga kiradi.

10. Portugaliya – 44 819 dollar;

9. Gretsiya – 49 630 dollar;

8. Avstriya – 49 975 dollar;

7. Fransiya – 51 768 dollar;

6. Buyuk Britaniya – 52 816 dollar;

5. Belgiya – 58 680 dollar;

4. Italiya – 59 372 dollar;

3. AQSh – 61 539 dollar;

2. Irlandiya – 62 687 dollar;

1. Yaponiya – 90 345 dollar.

Tashqi qarzi yo‘q yoki kam davlatlar

10. Ozarbayjon – 6,059 milliard dollar, YaIM hajmiga nisbatan 8,2 foiz;

9. Gaiti – 428 million dollar, YaIM hajmiga nisbatan 7 foiz;

8. Fiji – 127 million dollar, YaIM hajmiga nisbatan 5 foiz;

7. Nigeriya – 15,730 million dollar, YaIM hajmiga nisbatan 5 foiz;

6. Eron – 15,640 million dollar, YaIM hajmiga nisbatan 4 foiz;

5. Jazoir – 3,389 million dollar, YaIM hajmiga nisbatan 2 foiz;

4. Ekvatorial Gvineya – 174 million dollar, YaIM hajmiga nisbatan 1 foiz;

3. Palau Respublikasi – 0 dollar, YaIM hajmiga nisbatan 0 foiz;

2. Makao – 0 dollar, YaIM hajmiga nisbatan 0 foiz;

1. Bruney – 0 dollar, YaIM hajmiga nisbatan 0 foiz.

* * *

O‘zbekistonning tashqi qarzi 2019-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 17,3 milliard dollarni tashkil etadi.

O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2018-yil boshidan 9,5 foizga yoki 1,5 milliard dollarga oshgan holda 17,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida so‘z boradi.

O‘zbekistonning tashqi qarzida xususiy sektor tashqi qarz salmog‘i 7,2 milliard dollar yoki 42 foizni, davlat tashqi qarzi esa 10 milliard dollar yoki 58 foizni tashkil etmoqda. Xususiy sektor tashqi qarzi bosh kompaniyalar tomonidan taqdim qilingan qarzdorliklarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston hukumati kafolatisiz olingan tashqi qarzdorliklarni o‘z ichiga oladi. Xususiy sektorning tashqi qarzi bo‘yicha ma’lumotlar tijorat banklari tomonidan taqdim etiladi.

Xususiy tashqi qarzda neft-gaz va energetika sektori katta ulushga ega — 5,3 milliard dollar yoki 75 foiz. Undan keyingi o‘rinda bank sektori bormoqda — 978,2 million dollar yoki 15 foiz.

2018-yilda davlat sektorida qarzdorlik 2,5 milliard dollarga o‘sgan bo‘lsa, xususiy sektorda 977,3 million dollarga kamaygan. Bunda davlat tashqi qarzi yangi qarzdorliklar hisobiga o‘sishda davom etgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

AQSh razvedkasi KXDR hududidan yana raketalar uchirilganini aniqladi

Пт Авг 2 , 2019
AQSh razvedkasi Shimoliy Koreya hududidan noma’lum snaryadlar uchirilganini aniqladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Aynan qancha snaryadlar uchirilganiga oydinlik kiritilmagan, biroq ta’kidlanishicha, raketalarning uchirilishi Shimoliy Amerikaga hech qanday xavf tug‘dirmagan. Reuters agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, sinov bundan oldingi ssenariylarga mos ravishda amalga oshirilgan.