Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning qudasi jiyanlari bilan birga militsiya xodimini kaltakladi

Tojikistonning Ko‘lob shahrida 8-sentabr kuni Tojikiston aloqa xizmati rahbari va prezident Emomali Rahmonning qudasi bo‘lgan Beg Sabur mahalliy politsiya bo‘limining jinoyat qidiruv xodimi bilan mushtlashdi. Bu haqda Ca-News xabar bermoqda.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, jinoyat qidiruv xodimi Emomali Rahmon tashrifi arafasida u yuradigan yo‘llardagi obyektlarni tekshirgan. U Ko‘lobda shahar bog‘i yaqinida Beg Sabur tomonidan qurilayotgan binolardan biriga kirib, tekshirmoqchi bo‘lgan.

Militsiya xodimi bino prezident qudasiga tegishli ekanligi, yaxshisi uni aylanib o‘tish kerakligi haqida ogohlantirilgan. Ammo u bino Begnikimi, degnikimi (deg tojik tilida qozon bo‘lib, haqoratomuz hisoblanadi) farqi yo‘qligini aytgan. Buni Beg Saburning o‘zi eshitib qolgan va unga tashlangan.

Beg Saburning jiyanlari ham yetib kelib, militsiya ofitserini do‘pposlashga qo‘shilgan. Shundan so‘ng kaltaklangan militsionerni Beg Saburning odamlari IIVning Ko‘lob bo‘limi xodimlariga topshirgan. Militsiya xodimining keyingi taqdiri noma’lum.

Ayrim OAVlarda u hisbga olingani aytilgan, ammo bu ma’lumot hozircha tasdiqlanmagan. Rasmiylar esa bu voqea yuzasidan hech qanday izoh bermagan.

Tojikiston prezidenti keyingi haftada Ko‘lobga tashrif buyuradi. Uning ishtirokida Ko‘lob shahar bog‘i yaqinida Beg Sabur tomonidan qurilgan mehmonxona va bir necha turar joylar ochilishi kutilmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, Tojikiston aloqa xizmati rahbari va prezident Emomali Rahmonning qudasi bo‘lgan Beg Sabur mamlakat qonunchiligida hukumat amaldorlarining biznes yuritishi taqiqlanganiga qaramay, Tojikiston qurilish bozorining yetakchilaridan hisoblanadi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar 30 foizdan ortiq fanlardan 3 baho olsa, kelgusi semestrda stipendiya olish huquqidan mahrum bo‘ladi

Вт Сен 10 , 2019
O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari bilan 10-sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab talabalarga stipendiyalar to‘lashda qanday yangiliklar tatbiq etilayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda “Xushnudbek.uz” xabar bermoqda. Ma’lum qilishlaricha, davlat granti va to‘lov-kontraktda o‘qiydigan barcha talabalarga bir xil 400 ming […]