“Tolibon”ning yosh jangchisi tengdoshlari harakat safida jinsiy zo‘ravonlikka duch kelayotganini bildirdi

Afg‘onistonning Paktika viloyatidagi operatsiya chog‘ida hibsga olingan “Tolibon”ning yosh jangchisi tengdoshlari harakat safida jinsiy zo‘ravonlikka duch kelayotganini bildirdi. Bu haqda Khaama Press xabar bermoqda.

Uning aytishicha, bunga katta yoshdagi jangarilar sabab bo‘lmoqda.

Jangchining bayonotini afg‘on harbiylari izohladi. “Shahin” korpusi qo‘mondonligiga ko‘ra, jangarilar yoshlarni ko‘pincha o‘z saflariga tahdidlar yordamida jalb etadi.

Harbiylarning ta’kidlashicha, “Tolibon” harakatining yosh tarafdorlari jinsiy zo‘ravonlikka duch kelayotgani haqida ko‘plab hujjatlar mavjud.

Shu bilan birga, bundan bir necha yil avval o‘z hisobotlarini e’lon qilgan Yevropa huquq himoyachilari jangarilarga nisbatan bunday ayblovlar ko‘pincha Afg‘oniston maxsus xizmatlari tomonidan tarqatilishi va ularda keltirilgan dalillar qo‘shimcha tekshiruvga muhtojligini bildirgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Amerikalik yigit suv ostida sevgilisiga turmush qurishni taklif qildi va cho‘kib ketdi (video)

Пн Сен 23 , 2019
Tanzaniyadagi ta’til vaqtida AQSh fuqarosi suv ostidan turib o‘z sevgilisiga turmush qurishni taklif qilgan va cho‘kib ketgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi. Stiven Veber va uning sevgan qizi Kenesha Antuan xonalar derazasidan suv osti ko‘rinib turadigan yog‘ochdan qurilgan uyda yashagan. Yigit sevgilisiga o‘zgacha dil izhori qilmoqchi bo‘lgan va tashqi tomondan suvga […]