Tramp Floridaga yaqinlashib kelayotgan “Dorian” bo‘roni sabab Polshaga safarini bekor qildi

Donald Tramp Floridaga yaqinlashib kelayotgan “Dorian” bo‘roni sabab Polshaga safarini bekor qildi. Bu haqda AQSh prezidenti jurnalistlarga Oq uyda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda CNN.

“Men uchun shu yerda bo‘lish muhim. Bo‘ron, ko‘rinishidan, juda ham jiddiy bo‘lishi mumkin”, — dedi Tramp.

Uning ma’lum qilishicha, u o‘z tashrifini bekor qilgani haqida Polsha prezidenti Anjey Dudani ogohlantirgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘rniga Polshaga vitse-prezident Maykl Pens boradi.

Donald Tramp Polshaga 1-sentabr kuni, Ikkinchi Jahon urushi boshlanishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etish uchun tashrif buyurishi kerak edi.

Qayd etish joiz, ushbu tadbirlarga Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklif qilinmagan. Polsha bosh vaziri o‘rinbosari Yatsek Sasinning so‘zlariga ko‘ra, Putinning ushbu tadbirlarda mehmon bo‘lishi maqsadga muvofiq emas, chunki Rossiya “qo‘shnilariga nisbatan qurolli tajovuzni qo‘llaydigan mamlakatdir”.

“Dorian” bo‘roni yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan Floridada favqulodda holat tartibi joriy etilgan. Bo‘ron shtatning sharqiy sohillariga 2-sentabr kuni yopiriladi. U mintaqada 1992-yildan beri kuzatilgan eng kuchli bo‘ron bo‘lishi kutilmoqda.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Gruziya prezidenti Rossiyaga nisbatan iqtisodiy qaramlikni kamaytirish lozimligini ma’lum qildi

Вс Сен 1 , 2019
Fransiyada o‘tkazilgan xalqaro forumda Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili so‘zga chiqib, mamlakatning Rossiyaga nisbatan iqtisodiy bog‘liqligini kamaytirish lozimligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Gruziyaga “ko‘proq Yevropa sarmoyalari” kerak, deb xabar beradi “Kommersant”. Zurabishvilining ta’kidlashicha, Gruziya Yevropa Ittifoqiga kirishga harakat qilmoqda. “Bizga ko‘proq Yevropa sarmoyalari, Yevropa davlatlaridan turistlar kerak, shuningdek, mahsulotlarimizga yanada ko‘proq yevropalik […]