Turkmanistonda konditsioner o‘rnatishga bo‘lgan qat’iy talablar yanada kuchaytirildi

Ashxobod hokimiyati konditsioner o‘rnatishga bo‘lgan ancha qat’iy talablarni yanada kuchaytirdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Avval ashxobodliklarga markaziy ko‘chalardagi ko‘p qavatli uylarning asosiy qismi tomonga konditsionerning tashqi blokini joylashtirishi taqiqlangandi. Endi kommunal xizmatlar xodimlari bloklarni hovli tomondagi devorlarga mustahkamlagan fuqarolarga e’tiroz bildirmoqda. Aholi vakillariga ichki hovli tomonda trubka chiqarishni taqiqladi, ya’ni trubka teshigi blok yaqinida parmalangan bo‘lishi lozim. Agar trubka devordan pastga tushirilsa, u kesib tashlanmoqda.

Shuningdek, kommunal xizmatdagilar konditsioner bloklarini yo‘laklarga o‘rnatishga ham qarshilik qilmoqda. Avval barcha derazalari markaziy ko‘chaga qaragan xonadonlar egalari bloklarni uy yo‘laklariga o‘rnatishga majbur bo‘lgandi.

Konditsionerlarga qarshi kurash reydlari ham boshqa sohalardagi muammolar oqimiga qo‘shilib ketdi. Konditsionerlar borasidagi muammoli holatlar o‘tgan safar Ashxobodda 2018-yil avgustida kuzatilgan. Iqlim isishi yoz oylarida 40 darajagacha ko‘tariladigan Ashxobodda yashovchi fuqaro uchun konditsioner muhim ehtiyoj hisoblanadi. Shaharliklar noma’lum sabablarga ko‘ra kommunal xizmat vakillari Sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqarilgan BK-1500 rusumli konditsionerlarga garchi ular qattiq shovqin chiqarib zamonaviy deraza romlariga to‘g‘ri kelmasa ham e’tiroz bildirmasligi xayron qolgan. Bunday konditsioner topish fuqaroni muammolardan xalos etadi. Konditsionerga qurbi yetmagan ashxobodliklar jazirama vaqtida derazaga xo‘llangan mato osib, ventilyatordan foydalanadi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Facebook layklarni yashirishni boshladi. Pilot loyihasi Avstraliyada ishga tushirildi

Сб Сен 28 , 2019
Facebook ijtimoiy tarmog‘i postga munosabat va layklar soni hisoblagichini yashirib qo‘ydi. Pilot loyihasi Avstraliyada ishga tushirildi, deb yozgan Meduza. 27-sentabr, juma kuni avstraliyalik foydalanuvchilarning ma’lum qismi boshqalar qoldirgan postlardagi layklar va reaksiyalar sonini ko‘ra olmaydi. Bunda foydalanuvchilar o‘z sahifasidagi postga boshqalarning munosabati va layklar sonini ko‘rish imkoniyati saqlanib qolgan. Facebook vakillarining fikricha, […]