Twitter Raul Kastro va Kuba Kompartiyasining akkauntlarini bloklab qo‘ydi

Twitter ma’muriyati Kuba Kommunistik partiyasi va uning yetakchisi Raul Kastroning rasmiy akkauntlarini bloklab qo‘ydi. Bundan tashqari Kastroning qizi va bir qator Kuba rasmiy OAV jurnalistlarininig ham akkaunti bloklangan, deb xabar beradi Meduza.

Reuters agentligining yozishicha, blokirovka Kuba prezidenti Migel Diaz-Kanelning AQSh sanksiyalari tufayli yaqinlashib kelayotgan energetik inqiroz haqida xalqni ogohlantirganidan so‘ng ro‘y berdi.

Twitter vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilishga qarshi siyosatida foydalanuvchilar akkauntlari tarmog‘idan foydalanib, biron-bir mavzuni sun’iy ravishda ommalashtirish taqiqlanadi.

Kuba Tashqi ishlar vazirligi Twitter’ning ushbu harakatini “inqilobchilarning haqiqatni himoya qilishdagi bayonotlarini cheklash bo‘yicha aniq kelishilgan operatsiya”, deb atadi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Tarixda birinchi marta “kelgindi kometa” rasman tan olindi

Пт Сен 13 , 2019
Qrimlik havaskor astronom Gennadiy Borisov 2019-yil avgust oyi oxirida o‘zga yulduz tizimidan Quyosh sistemasiga kirib kelgan “kelgindi kometa”ni kashf qilgan edi. Ushbu kashfiyot rasman tan olindi. Shuningdek, mazkur kometaga albatta kashshofning nomi qo‘shib aytiladigan bo‘ldi (uning rasmiy ilmiy nomi C/2019 Q4 Borisov tarzida bo‘ladi). Boz ustiga, Borisov kometasi yaqin oylar […]