Vladimir Zelenskiyning ofis rahbari iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ofisining rahbari Andrey Bogdan AQSh tomonidan bo‘layotgan bosimlar sabab lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozdi, deb xabar berdi“Liga.Novosti”.

Foto: “Vesti.ru”

Xabar qilinishicha, ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi ariza Zelenskiyga 1-avgust kuni topshirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bogdan Vladimir Zelenskiy ofisi rahbari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvni tashkillashtira olmagani sabab iste’fo so‘ragan.

Manbalarning ta’kidlashicha, Amerika rahbarining administratsiyasi 2020-yilda o‘tkaziladigan saylovlar sabab ukrainalik hamkasbi bilan uchrashishdan xavfsiramoqda. Amerika tomoni Bogdanning ilgari oligarx Igor Kolomoyskiy bilan munosabatda bo‘lganligidan norozi bo‘lgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Olmaotada mast haydovchi ommaviy YTH sodir etdi (foto)

Пт Авг 2 , 2019
Olmaotada sodir bo‘lgan ommaviy yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Tengrinews. Avariya shaharning Rayimbek va Bayzakov ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, avtomobillar svetaforning qizil chirog‘i yongani sabab to‘xtab turgan. Shu vaqtda Mitsubishi Carisma haydovchisi noma’lum sabablarga ko‘ra boshqaruvni yo‘qotib, chorrahada turgan avtomobillar oldiga to‘xtash o‘rniga, Mitsubishi […]