Yaponiya KXDRning yangi raketalarini tutishda AQSh bilan hamkorlik qilmoqchi

Yaponiya Mudofaa vazirligi AQSh bilan birga KXDRning yangi raketlarini tutish usullarini ishlab chiqish niyatida, deb xabar bermoqda “TASS”. Chunki ular Yaponiya hududiga yetib borishi mumkin va tutish uchun murakkab trayektroriyada harakatlanadi.

Yaponiya Mudofaa vazirligi AQSh bilan birga KXDRning yangi raketlarini tutish usullarini ishlab chiqish niyatida, deb xabar bermoqda “TASS”. Chunki ular Yaponiya hududiga yetib borishi mumkin va tutish uchun murakkab trayektroriyada harakatlanadi.

Ta’kidlanishicha, KXDRning yaqinda uchirilgan raketasini o‘rgangan Yaponiya Mudofaa vazirligi, ular oddiy ballistik raketalarga xos bo‘lmagan pastroq balandlikda uchishini aniqlagan. Bu esa, o‘z navbatida ularni ushlashda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.

Shu sababli Yaponiya Mudofaa vazirligi o‘z milliy xavfsizligiga tahdid qiluvchi bu yangi xavfga qarshi kurashda AQSh bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya 25-iyul kuni Yapon dengizi tomonga ikki raketa uchirgan edi. Ularning ikkalasi ham Yapon dengiziga qulagan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

AQSh Oliy sudi Trampga Pentagonning 2,5 mlrd dollarini chegaradagi devorga sarflashga ruxsat berdi

Вс Июл 28 , 2019
AQSh Oliy sudi Donald Tramp ma’muriyatiga Pentagon jamg‘armasidan 2,5 milliard dollarni Meksika bilan chegaradagi devorni qurishga sarflashga ruxsat berdi. “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda sud qarorida aytilgan. Prezident ma’muriyati bilan Vakillik palatasi demokratlari va atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti sudlashgan. Oliy sud bundan xarajatni noqonuniy deb topgan quyi instansiya sudi qarorini bekor qilgan. […]