Yerga osmono‘par bino kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda

Yerga yana bir asteroid yaqinlashmoqda, ammo u sayyoramizga hech qanday xavf tug‘dirmaydi, deb yozmoqda AstroNews.

Ma’lum bo‘lishicha, 10-avgust kuni 2006 QQ23 asteroidi soatiga 16740 kilometrda harakatlanib, Yerdan atigi 0,049 astronomik birlik (7,3 million kilometr)da uchib o‘tadi.

Qayd etilishicha, bu uncha yaqinmasdek ko‘rinsa ham, asteroidni Yerga yaqin obyekt sifatida qarash mumkin. Bundan tashqari asteroid Yerdan 0,05 astronomik birlikdan qisqa masofada o‘tgani uchun uni xavfli asteroidlar qatoriga qo‘shish mumkin.

Ushbu asteroidning diametri taxminan 570 metrni tashkil etadi. Bu esa AQShdagi mashhur Empayr-steyt-bilding o‘smono‘par binosi balandligi (443 metr)dan ham balanddir.

NASA’ning qayd etishicha, hozirda ushbu kosmik jism Yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Hozirda Quyosh tizimida kattalligi 1 kilometrdan ortiq, ya’ni 2006 QQ23 asteroididan kattaroq bo‘lgan 900 ga yaqin asteroidlar mavjud.

Ta’kidlanishicha, asteroid kelajakda Yerga to‘qnashmasligi ma’lum bo‘lsa ham, NASA yerga yaqin obyektlarni kuzatishda va asteroid xavfiga qarshi choralar ishlab chiqishda davom etadi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Fransiyalik fuqaro La-Mansh bo‘g‘ozini o‘zi yaratgan flaybordda uchib o‘tdi (video)

Вт Авг 6 , 2019
Fransiyalik Frenki Zapati ismli shaxs o‘zi yaratgan flaybord yordamida La-Mansh bo‘g‘ozidan uchib o‘tdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Bu Frenki Zapatining ikkinchi urinishi bo‘lib, u muvaffaqiyatli yakunlandi. Zapata Sangatte plyajidan soat 8:16 da havoga ko‘tarilib, inglizlarning Sen-Margaret-Bey qirg‘og‘iga 8:39 da kelib qo‘ngan. Yo‘lda u bir necha soniya qo‘nib, qurilmasini yoqilg‘i bilan to‘ldirgan. Parvoz […]