Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar 30 foizdan ortiq fanlardan 3 baho olsa, kelgusi semestrda stipendiya olish huquqidan mahrum bo‘ladi

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari bilan 10-sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab talabalarga stipendiyalar to‘lashda qanday yangiliklar tatbiq etilayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda “Xushnudbek.uz” xabar bermoqda.

Ma’lum qilishlaricha,

  • davlat granti va to‘lov-kontraktda o‘qiydigan barcha talabalarga bir xil 400 ming so‘m stipendiya belgilanadi. Endi olgan bahosining stipendiyaga aloqasi yo‘q;
  • hozirda bitiruvchi kurs talabalariga eski tizim saqlab qolinadi, ya’ni ular avvalgidek “3”, “”4”, “5”lik stipendiya tartibi saqlab qolinadi;
  • lekin yaxshi o‘qigan, ilmiy va jamoatchilik ishlarida faol bo‘lgan talabalarga OTM rektorlari tomonidan stipendiyaning 50 foizigacha (200 ming so‘mgacha) miqdorda qo‘shimcha rag‘batlantirish tartibi joriy qilinadi. Bunday qo‘shimcha stipendiyani kimga berishni rektorlar hal qiladi.

Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar agar semestr yakunida 30 foizdan ortiq fanlardan 3 baho olsa, kelgusi semestrda stipendiya olish huquqidan mahrum bo‘lishi alohida qayd etib o‘tildi.

Ta’kidlashlaricha, Prezident va nomdor stipendiyalarni olgan talabalar uchun stipendiya miqdori saqlab qolinadi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Twitter Raul Kastro va Kuba Kompartiyasining akkauntlarini bloklab qo‘ydi

Пт Сен 13 , 2019
Twitter ma’muriyati Kuba Kommunistik partiyasi va uning yetakchisi Raul Kastroning rasmiy akkauntlarini bloklab qo‘ydi. Bundan tashqari Kastroning qizi va bir qator Kuba rasmiy OAV jurnalistlarininig ham akkaunti bloklangan, deb xabar beradi Meduza. Reuters agentligining yozishicha, blokirovka Kuba prezidenti Migel Diaz-Kanelning AQSh sanksiyalari tufayli yaqinlashib kelayotgan energetik inqiroz haqida xalqni ogohlantirganidan so‘ng ro‘y berdi. […]