Qoraqalpog‘istonda joriy yil qoramol naslchiligida erishilgan natijalari haqida

Joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoramollarning naslini yaxshilash maqsadida «O‘znaslchilik» korxonasidan jami 267 ming 383 doza muzlatilgan naslli buqa urug‘lari olib kelinib, sun’iy urug‘lantirish sub’yektlariga yetkazib berildi va ular tomonidan o‘tgan vaqt davomida jami 205 ming 489 bosh sigirlar sun’iy urug‘lantirildi.

Chorvachilikning yana bir eng asosiy bug‘inlaridan biri naslchilik ishlarini takomillashtirish bo‘lib hisoblanadi.

Bu ishlarni amalga oshirishda «O‘znaslchilik» korxonasining Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, filial tomonidan joriy yilda jami 350 ming doza muzlatilgan naslli buqa urug‘lari ishlab chiqilib, shundan 220 ming doza naslli buqa urug‘i tumanlarga yetkazib berildi.

Shuningdek, joylardagi mavjud naslchilik xo‘jaliklari tomonidan shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklaridagi qoramollar zotini yaxshilash 496 bosh naslli qoramollar tayyorlab belgilangan tartibda yetkazib berildi.

Shu bilan birgalikda, mavjud zooveterinariya shoxobchalari hamda sun’iy urug‘lantirish sub’yektlariga sun’iy urug‘lantirish ishlarini tashkil qilish uchun barcha kerakli asbob-anjomlar bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor berilmoqda, xususan, D’yuar idishlar, mikraskoplar va boshqada zarurli asbob-anjomlari bilan ta’minlonmoqda.

Hukumatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, ozuqa bazasini mustahkamlash, seleksiya-naslchilik ishlarini kengaytirish, sermahsul nasldor hayvonlar bosh sonini ko‘paytirish orqali soha samaradorligini oshirish imkon beradi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Qo'ng'irot va Xo'jayli tumanlarida AKT sohasi bo'yicha sayyor qabo'l o'tkazildi

Вс Июл 28 , 2019
Bugun O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan Qo’ng’irot va Xo’jayli tumanlarida hudud  aholisi va maqon va ovul fuqarolar yig’inlari raislari ishtiroqida sayyor kabul o’tkazildi. Mazkur sayyor qabullarda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig’i T.Baekeev,  Qo’ngg’irot tumani […]