Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

2019-yil 1-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasiga tashrif buyuradi, bu haqda Vazirlar Mahkamasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Muhammadkali Abilgaziyev bilan uchrashadi. Tomonlar ikki mamlakat Davlat rahbarlari uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarning ijrosi holati, ularni to‘liq ro‘yobga chiqarishning muhim jihatlarini muhokama qiladi. Shuningdek, Hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiya yig‘ilishlarida belgilab olingan vazifalarni amalga oshirish, Hukumatlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Qirg‘izistonga tashrifi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashuv ham rejalashtirilgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Shavkat Mirziyoyev Minskka keldi

Ср Июл 31 , 2019
Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 31-iyul kuni rasmiy tashrif bilan Minskka keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi. Minsk milliy aeroportida oliy martabali mehmonni Belarus bosh vaziri Sergey Rumas va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.