Andijonda bemor abituriyentga test sinovlarida qatnashish imkoniyati yaratildi

Andijon davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishiga sirtqi bo‘limiga ro‘yxatdan o‘tgan D.Abbasova betobligi tufayli tez tibbiy yordam xizmati hamrohligida Andijon davlat universiteti Xorijiy tillar binosidagi imtihon zaliga olib kelingan, deb ma’lum qiladiOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Telegram-kanali.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Universitet bemor abituriyentga kerakli tibbiy yordamni ta’minlagan holda unga imtihonlarda qatnashish imkoniyatini yaratib berdi. Abituriyent test savollarini yotgan holatda ishlab, qiyinchiliksiz imtihonlarni yakunladi.

Yakunda abituriyent ushbu holatida test topshirishiga yetarlicha sharoit yaratib bergan test markazi va Andijon davlat universiteti mas’ul xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

“Otangga bor, onangga bor” yoki “Milliy elektr tarmoqlari” AJ energiya ta’minoti o‘z nazoratida ekanini kimdan bekitmoqchi?

Ср Июл 31 , 2019
Xabaringiz bor, bundan bir necha kun oldin oxirgi paytlarda Samarqand viloyatida, ayniqsa Urgut tumanida bu tumanga berilayotgan energiya viloyatdan tez-tez o‘chirilayotgani tanqid qilinib, buning oqibatida nasoslar yordamida uzumzorlarini sug‘oradigan fermer va dehqonlar qiynalib qolayotgani haqida yozib, joylarda elektr ta’minotiga mas’ul bo‘lgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Ulug‘bek Mustafoyevga ochiq xat […]