Buzib tashlangan Ezidyor to‘yxonasining egasiga “Sayohat” restorani rasmiylashtirib berildi

2003-yildan buyon Toshkent shahrida zamonaviy biznes markaz sifatida xizmat ko‘rsatib kelgan, Ezidyor nomi bilan mashhur to‘yxona buzilishi, yo‘qotilgan mol-mulkka kompensatsiya to‘lash masalasi ijobiy hal etildi. Bu haqda Grand duet MChJ O‘zbekiston—Birlashgan Arab Amirligi qo‘shma korxonasi rahbari Sherzod Sobirovning so‘zlariga asoslanib, “Togri.uz” xabar berdi.

Sherzod Sobirov boshqaruvidagi restoran buzilishi ortidan hukumatning alohida bayonnomasi qabul qilingandi. Dastlab tadbirkorga Toshkent shahridagi “Versal” restorani taklif etildi. Ammo qariyb 40 milliard so‘m tafovutga ega to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan Grand duet MChJ rahbari “Sayohat” restoraniga qiziqish bildirgan.

Toshkent shahar hokimi tadbirkor bilan davom etayotgan muzokaraga faol kirishib, unga shu yilning 26-iyul 3 xil taklifni bildirdi: “Sayohat” restoranini qabul qilish, 19 milliard so‘m atrofida kompensatsiya puli yoki Toshkent shahri Nukus ko‘chasida joylashgan turar joy binosining birinchi qavatidagi yer berilishi mumkin edi.

Tadbirkorning aytishicha, restoran allaqachon jamiyat nomiga rasmiylashtirilgan. Barcha huquqiy masalalar ortda qolgan.

“Shahar hokimligida 2,4 milliard so‘m haqim qoldi. Ammo bu summani hozir talab qilmoqchi emasman. Menimcha, hokimlik bilan muloqotlarni davom ettirib, kelgusida kompensatsiyaning qolgan qismini boshqa qiymatliklar ko‘rinishida olishni o‘ylayapman”, — deydi Sherzod Sobirov.

Tadbirkor joriy yilning 1-sentabr kunidan restoran boshqaruvini to‘liq qo‘lga olgan. Shu vaqtga qadar “Sayohat” restorani davlat balansida bo‘lgan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Hukumat qarori bilan yana bir soha xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi

Вт Окт 1 , 2019
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi “Kun.uz”. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va quyidagi maqsadlarda tashkil etilgan: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro […]