Kun fotosi: Arafa dasturxoni atrofida o‘tirgan Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Hoshimova

O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida otasi, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va onasi Ziroatxon Hoshimovaning birga o‘tirgan oilaviy suratini e’lon qildi. Shu bilan birga, u o‘z obunachilirini Arafa kuni bilan qutladi.

Foto: Facebook / Saida Mirziyoyeva

Qadrli yurtdoshlar! Do‘stlarim, ko‘plab folloverlarim!
Barchangizni oila a’zolarim nomidan Arafa kuni munosabati bilan tabriklayman!
Bu dunyoda hamma narsa o‘tkinchi. Lekin mehr-oqibat, urf-odatlarimiz va qolaversa, muqaddas dinimiz bilan bog‘liq barcha qadriyatlarimiz abadiy saqlanib qoladi.
Eng asosiysi, baxtimizga ota-onamiz, yaqinlarimiz sog‘ bo‘lishsin. Har bir oila o‘z oila boshi bilan farovon hayot kechirsin.
Haj safarini o‘tayotgan vatandoshlarimizni esa Alloh ziyoratlarini qabul qilib, eson-omon o‘z yaqinlari bag‘riga yetib kelishlarini nasib etsin!
Arafa muborak, do‘stlarim!
Saida Mirziyoyeva

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

“Bavariya” JCh—2018 vitse-chempionini o‘z safiga qo‘shib oladi

Сб Авг 10 , 2019
“Inter” yarim himoyachisi Ivan Perishich “Bavariya”ga o‘tadi, deb yozadi italiyalik jurnalist Janluka di Martsio. Xabarga ko‘ra, “Bavariya” 5 million yevro evaziga Perishichni ijaraga oladi. Mavsum so‘ngida esa Myunxen klubi futbolchini 20 million yevroga to‘liq sotib olish huquqini qo‘lga kiritadi. Transfer “Inter”ning xitoylik xo‘jayinlari tomonidan tasdiqlansagina amalga oshadi. O‘tgan mavsum Perishich “Inter” safida […]