MIB yangi qurilayotgan binoda elektr energiyadan noqonuniy foydalanish xolatini aniqladi

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari shahardagi yangi qurilayotgan binoda elektr energiyadan noqonuniy foydalanish xolatini aniqladi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “MIB matbuot xiamati”

Tekshirish davomida mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli bo‘lgan qurilishi tugallanmagan bino ta’minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan.

Hisob-kitoblariga ko‘ra, MChJ ta’minotchi korxonaga 55 151 000 so‘m miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan byuro tezkor xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Foto: “MIB matbuot xiamati”

Mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari noqonuniy hatti-harakat bo‘yicha pushaymon ekanligini bildirib, yetkazilgan zararni to‘liq qoplab bergan.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

“Humo” xokkey klubi yangi libosini taqdim etdi

Ср Июл 31 , 2019
Ushbu libosda klub Oliy xokkey ligasi chempionati uchrashuvlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Chempionatga sentabr oyining dastlabki kunlarida start beriladi. Yorqin o‘ziga xos uslubda yaratilgan libosda afsonaviy humo qushi tasvirlangan bo‘lib, u qadimdan adolat va erkinlik ramzini anglatgan. Aynan humo qushining o‘zi yangi jamoa belgisi asosini tashkil etadi. Klub avgust oyida […]