Namanganda 23 yashar ayol o‘zi va xonadoshining chaqalog‘ini tug‘ruqxona derazasidan uloqtirdi

Namanganda chaqaloqlarni qasddan o‘ldirish jinoyati sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksiga qarashli binoning orqa hovlisidan 9-sentabr kuni soat taxminan 04:30 larda 23 yoshli fuqaro D.X. va 22 yoshli M.T.ning 2019-yilning 2-sentabrida tug‘ilgan qiz chaqaloqlari tirik holda topilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloqlar vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 9-sentabr kuni soat taxminan 03:30 larda fuqaro D.X. o‘z chaqalog‘i oldiga kirib, uni oyoqlari notekis (nuqsonli) tug‘ilganligidan achchiqlanib, undan qutulish maqsadida o‘z chaqalog‘ini, keyinchalik jinoyati fosh bo‘lib qolishini oldini olish uchun shu xonada yotgan M.T.ning qiz chaqalog‘ini ham tug‘ruqxona derazasining 2-qavatidan pastga uloqtirib yuborgan. Oqibatda chaqaloqlar og‘ir tan jarohatlari olgan.

Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.X.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish) hamda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq kompleksi mas’ul shaxslariga nisbatan 116-moddasi 4-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

D.X. protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Milliarder Jek Ma Alibaba rahbarligidan ketdi

Вт Сен 10 , 2019
Xitoyning Alibaba internet-riteyleri asoschisi Jek Ma kompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimini tark etdi, deya xabar bermoqda Bloomberg agentligi. Jek Ma 10-sentabrda — 55 yoshga to‘lgan kuni iste’foga chiqqan. Rais lavozimida uning o‘rnini kompaniya bosh direktori Deniyel Chjan egallagan. Bloomberg’ning yozishicha, iste’foga chiqqaniga qaramay, Jek Ma kompaniyada asosiy shaxs bo‘lib qolaveradi. Deniyel Chjan muhim […]