O‘zbekistonda hafta boshida jazirama harorat saqlanib qoladi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi 30 iyul—2 avgustga ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: O‘zА

QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYaTI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 30-31 iyul va 1 avgustda 22-27, 2 avgustda 24-29, kunduzi 30-31 iyulda 35-40, 1 avgustda 37-42 daraja issiq bo‘ladi. 2 avgustda esa harorat tushishi kutilmoqda — kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 23-28, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX VA SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 23-28, kunduzi 38-43 daraja issiq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN VA FARG‘ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kuni ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30 iyul kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

15 yoshli britaniyalik o‘smir Fornite bo‘yicha jahon kubogida 1 mln dollardan ko‘proq pul yutib oldi

Пн Июл 29 , 2019
15 yoshli britaniyalik o‘smir Jeyden Eshmen sherigi gollandiyalik Deyv Jong bilan birga Fornite kompyuter o‘yini bo‘yicha jahon kubogida ikkinchi o‘rinni egalladi hamda 2,25 million dollar yutib oldi, deb xabar berdi “Gametech.ru”. Yutuq summasi ikkala g‘olib tomonidan teng bo‘linadi. Eshmen “Wolfiez” taxallusi ostida chiqish qilgan va BBC nashriga bergan intervyusida natijadan hayratda ekanligini […]