O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida xalqaro arbitraj islohoti o‘tkaziladi

O‘zbekiston Adliya vazirligi Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning O‘zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash maqsadida Xalqaro arbitraj islohotini o‘tkazish uchun 225 ming dollar miqdoridagi texnik ko‘magini jalb qildi.

Adliya vazirligidan ma’lum qilishlaricha, OTBning texnik ko‘magi quyidagilarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi:

  • zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish, jumladan, xalqaro ekspertlar va OTB tomonidan qonun loyihasini ishlab chiqishning turli bosqichlarida uni ko‘rib chiqish va xulosalar taqdim qilish, shuningdek, hukumat va boshqa manfaatdor tomonlar bilan qator maslahatlashuvlar o‘tkazish;
  • xorijiy arbitraj qarorlarini va ular bilan bog‘liq xalqaro arbitraj nizolarini tan olish va ijro qilish haqidagi protsessual kodekslarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalarni ishlab chiqish;
  • Xalqaro arbitraj islohotini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida huquqni qo‘llovchi sifatida sudyalar va amaliyotchi-huquqshunoslarning hamda huquqdan foydalanuvchilar sifatida xususiy sektorning salohiyatini oshirish.

Texnik ko‘mak amalga oshirish maqsadida OTB yetakchi xalqaro ekspertlardan iborat maslahatchilar jamoasini jalb qiladi.

Mazkur loyihani amalga oshirish O‘zbekistonda xalqaro tijorat nizolarini hal qilishning muqobil mexanizmlari rivojlanishiga, xususan mamlakat hududining mintaqaviy arbitraj markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlashga hamda yanada jozibador investitsion muhit shakllanishiga xizmat qiladi.

admin

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Next Post

Kun fotosi: Arafa dasturxoni atrofida o‘tirgan Shavkat Mirziyoyev va Ziroatxon Hoshimova

Сб Авг 10 , 2019
O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida otasi, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va onasi Ziroatxon Hoshimovaning birga o‘tirgan oilaviy suratini e’lon qildi. Shu bilan birga, u o‘z obunachilirini Arafa kuni bilan qutladi. Qadrli yurtdoshlar! Do‘stlarim, ko‘plab folloverlarim!Barchangizni oila a’zolarim nomidan Arafa kuni munosabati bilan tabriklayman!Bu […]